Breaking News

AQSh-Isroil birgalikda Hizbulloh qo'mondonini yo'q qilgan, 2008-yilda


Hizbulloh tarafdorlari Bayrut ko'chalarida
Hizbulloh tarafdorlari Bayrut ko'chalarida

"Vashington Post" gazetasining oshkor qilishicha, Amerika va Isroil razvedkachilari 2008-yilda Eron tomonidan quvvatlanuvchi Hizbulloh jangari guruhi qo'mondonlaridan birini yo'q qilgan.

Imad Mug'niya Hizbullohning xalqaro amaliyotlar bo'yicha rahbari edi. Uning mashinasiga bomba qo'yilgan va portlovchi modda Tel-Avivdan turib boshqarilgan. Markaziy razvedka agentligi Isroil maxfiy xizmati bo'lmish Mossadga bu borada yaqindan yordam bergan.

Imad Mug'niya 1980-yillarda Livanda G'arbga qarshi qonli hujumlarda, shuningdek, 1990-yillarda Argentinada Isroil elchixonasi portlatilishi ortida turganlikda ayblangan.

Yuzlab amerikaliklarning qonini to'kkan, jumladan sakkiz razvedkachini o'ldirgan shaxs edi u, deyiladi "Vashington Post" gazetasi kecha chop etgan maqolada.

AQSh hukumati Mug'niyaning o'limida qo'li borligini hech qachon ochiq tan olmagan. O'sha paytdagi prezident Jorj Bush bunga ruxsat berganmi va boshqa tegishli rasmiylar operatsiya haqida qanchalik bilgan, bu hozircha qorong'i. Operatsiya Damashqda kechgan.

Imad Mug'niya Hizbulloh tarafdorlarining dohiysi
Imad Mug'niya Hizbulloh tarafdorlarining dohiysi
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG