Breaking News

Obama qo’mondonlar hisobotini tinglayapti


Prezident Obama Mudofaa vaziri Chak Xeygl, general lloyd Ostin bilan brifing paytida. MakDill Harbiy havo bazasi, Florida, 17-sentabr, 2014-yil.
Prezident Obama Mudofaa vaziri Chak Xeygl, general lloyd Ostin bilan brifing paytida. MakDill Harbiy havo bazasi, Florida, 17-sentabr, 2014-yil.

Prezident Barak Obama bugun qo’mondonlar bilan uchrashib, “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi reja xususida ulardan hisobot tinglaydi. AQSh Markaziy qo’mondonligi rahbari, general Lloyd Ostin bilan suhbatda xalqaro koalitsiya tuzish yo’lidagi harakatlar muhokama qilinadi.

Majlisda Mudofaa vaziri Chak Xeygl ham qatnashadi. Vazir kecha Kongressdagi tinglovda Iroq va Suriyada katta hududlarda o’rnashib olgan “Islomiy davlat” guruhini kuchdan qoldirib, yo’q qilish strategiyasi murakkab ekanini ta’kidlagan edi. Uning aytishicha, strategiya ijrosi uzoq vaqt va ishonchli ittifoqchilar ishtirokini talab qiladi.

General Martin Dempsi, Qurolli kuchlar bosh shtabi qo’mondonining tinglovda aytishicha, amerikalik harbiy ekspertlar Iroqdagi armiya bilan yelkama-yelka turib, maslahat berishi talab qilinsa, buning uchun prezidentning ruxsati kerak. Barak Obama Iroqqa askar jo’natmasligini takror-takror aytib keladi.

Amerika qo’shinlari to’qqiz yillik harbiy kampaniya ketidan 2011-yilda Iroqni tark etgan edi.

AQSh joriy yilda Iroqda “Islomiy davlat”ni 160 dam ziyon marotaba havodan nishonga olib ulgurdi. Agar Amerikaning jangovar samolyoti Iroqda urib tushirilsa, deydi general Depmsi, uchuvchini qidirish ishlari uchun Iroqqa AQShning piyoda qo’shinlari safarbar etiladi.

Obama Kongressdan Suriyada murosaga moyil isyonchilarni mashqdan o’tkazib, qurollantirish uchun Kongressdan pul so’rayapti.

AQSh sudi nyu-yorklik Mufid Elfgehni “Islomiy davlat” jangari guruhiga yordam, moliya uzatishga uringanlikda ayblamoqda. Unga, shuningdek, Amerika askarlarini o’ldirishni rejalaganlik aybi qo’yilayapti.

30 yoshli Mufid odamlarni “Islomiy davlat” safiga qo’shilishga da’vat etgan. Yamandagi shaxsga 600 dollar jo’natib, Suriyaga jo’natishiga va jangarilar safiga qo’shilishiga yordam bermoqchi bo’lgan.

Amerika Adliya vaziri Erik Xolderning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu jamiyatga ziyon qilmoqchi bo’lgan terror guruhlarini aniqlab, yo’q qilish ahdida qat’iy.

Elfgeh, deydi rasmiylar, politsiyachi va farxriy askarlarni o’ldirishni ko’zlab, qurol sotib olganidan keyin shu yilning iyunida ushlangan edi. U Nyu-Yorkda pitsa do’koni sohibi bo’lgani aytiladi.

Mudofaa vaziri Chak Xeygl, general Martin Dempsi Kongressdagi tinglovda. 16-sentabr, 2014-yil.
Mudofaa vaziri Chak Xeygl, general Martin Dempsi Kongressdagi tinglovda. 16-sentabr, 2014-yil.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG