Breaking News

Suriyada qochqinlar manziliga bomba tashlangan, o'lganlar bor


Faollarning aytishicha, Suriyada uyini tashlab chiqqan qochqinlar yashovchi manzil vertolyotdan nishonga olingan.

Armiyaga qarashli vertolyot Idlib viloyatida odamlarga qarata bombalar uloqtirgan, kamida 10 odam nobud bo'lgan, deyiladi Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti xabarida.

Qo'shma Shtatlar voqeani qoralayapti. Davlat departamenti matbuot kotibi Jen Psaki so'zlariga ko'ra, AQSh tomoni hodisa tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot bera olmaydi. Lekin xabarlar dahshatli va Vashington Suriya hukumatining o'z fuqarolariga qarshi harakatlarini doimo tanqid qilib kelgan, deydi Psaki.

Suriya oddiy fuqarolarga qarshi qabih qilmishlari uchun javob berishi kerak, deydi Davlat departamenti so'zlovchisi. Suriyadagi g'alayon 2011-yilning martida tinch namoyishlar ko'rinishida boshlangan, bugunga qadar qonli urush salkam 200 ming odamni hayotdan olib ketgan.

Urush 3 milliondan ziyod odamni qo'shni davlatlarga qochishga majbur qildi. Mamlakatning o'zida yana 6 yarim million fuqaro sarson-sargardon.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyada inson huquqlariga oid ahvol bo'yicha hisobotlar chiqarib keladi va armiyani oddiy aholiga qarshi hujumlarda ayblab tandiq qiladi.

Xususan, avgustda chiqqan oxirgi hisobotda qurolli kuchlar ichi temir-tersak va kimyoviy moddaga to'la barrel bombalarini yoppasiga qo'llayotganlikda ayblangan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG