Breaking News

VOA Mobile Streamer

"Amerika Ovozi" dasturlarini internetsiz tinglang!

"Amerika Ovozi" yangi VOA Mobile Streamer applikatsiyasi orqali "Android", "iPhone" yoki "iPod Touch" bilan 30 dan ortiq tilda radio va audio dasturlarimizni internetsiz tinglash mumkin. "Amerika Ovozi" Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio bo'lib, har hafta 200 milliondan ziyod odamga yangilik va ma'lumot yetkazadi. Barcha tillarda har hafta 2100 soatdan ortiq tele va radiodasturlar efirga uzatiladi. VOA Mobile Streamer dasturi orqali siz ularning eng saralarini tinglashingiz mumkin. "Amerika Ovozi" 1100 dan ortiq doimiy jurnalist va dunyo bo'ylab yana minglab hamkorlarga ega.


VOA Mobile Stream dasturida quyidagi imkoniyatlar bor:

  • 30 dan ortiq tilda yuzlab radio dasturlarni istalgan payt tinglash;
  • O'nlab tilda jonli radio efirlarni eshitish;
  • Internet yoki telefon qo'ng'irog'i orqali tinglash imkoniyati (Telefon qo'ng'irog'i uchun internet bo'lishi shart emas va faqat mahalliy qo'ng'iroq daqiqalari uchun haq to'laysiz. Agar sizda qo'ng'iroq qilish daqiqalari cheklanmagan bo'lsa, demak, sizdan hech qanday haq olinmaydi);
  • Internet traffigini kamaytirish, ya'ni pulni tejash maqsadida applikatsiyani internetni eng kam ishlatadigan tizimga o'tkazish imkoniyati;
  • Sevimli audio dasturlaringini e-mail orqali yoki Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlari yordamida do'stlaringiz bilan baham ko'rishingiz mumkin.

"Apple" qurilmasida tinglash uchun SHU YERNI bosing va applikatsiyani saqlab oling.

"Android" qurilmasida tinglash uchun SHU YERNI bosing va applikatsiyani saqlab oling.

Applikatsiyani o'rnatish yoki ishlatish bo'yicha savollaringiz bormi? Marhamat, bizga uzbek@voanews.com orqali bog'lanishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG