"Wall Street Journal" muxbiri Evan Gershkovich 2023-yil 29-martida Yekaterinburgda hibsga olingan. U josuslikda ayblanmoqda. “Ozodlik” radiosining muxbiri Alsu Kurmashevaning hibsxonada saqlanganiga yaqinda olti oy bo’ladi.
Fransiyada 56 ta atom reaktori mamlakatda elektr quvvatining uchdan ikki qismini ishlab chiqaradi. Reaktorlar uchun boyitilgan uranning bir qismini esa Fransiya Rossiyadan olishda davom etmoqda.
AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfildning aytishicha, Qo’shma Shtatlar hujjatdagi ayrim muhim bandlarni qo’llab-quvvatlaydi, garchi XAMASni qoralamagan rezolyutsiya matniga to’liq qo’shilmasa-da.
Moskvadagi qonli xurujni ISHID o’z bo’yniga olganiga doir bayonotlar Rossiya tizimi, siyosiy doiralari va matbuoti tomonidan bir qadar shubha bilan kutib olindi.
"Qiynoq va shafqatsiz yondashuv har qanday holatda o'rinsiz. Jinoyatda gumon qilinganlarni qiynoqqa solish ham jinoyat", - deya eslatmoqda "Xalqaro amnistiya".
Ayrim tahlilchilar fikriga ko’ra, guruh Rossiyani Afg’oniston, Checheniston va Suriyadagi musulmonlarga zulm o’tkazayotgan davlat sifatida ko’radi.
Pokiston Erondan tabiiy gaz quvurini tezroq bitirish payida va buning uchun AQShdan ruxsat so'ramoqchi emas. Vashingtonning Tehronga nisbatan sanksiyalari bu loyihaga ta'sir qilmaydi, deydi Islomobod rasmiylari, chunki qurilish Pokiston hududida.
“Oxfam” tashkilotining yangi hisobotida aytilishicha, yirik global korporatsiyalar bu mamlakatlarda suv resurslarini o’z ehtiyojlari uchun ishlatib va ifloslantirib, mahalliy aholini og’ir ahvolga solib qo’ymoqda.
21-mart kuni Rossiya Kiyevni raketalardan hujumga tutdi. Hujumda 13 kishi jarohatlangan, qurbonlar yo´q.
Anqara ushbu loyiha orqali yoqilg’i importiga bo’lgan tobeligini kamaytirmoqchi va shu sabab Moskvadan yordam so’rashga majbur bo’ldi.
Hindiston hukumatining 2019-yilgi fuqarolik to'g'risidagi qonunini ijroga kiritishga doir qoidalar mamlakatda noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ukraina siyosat instituti direktori Ruslan Bortnik NATO ertami-kech Ukrainaga qo’shin yuborishini aytadi.
Ko'proq...