Breaking News

Olimlar marjon qoyalarini saqlab qolish yo'llarini qidirmoqda


Marjon qoyalarini saqlashning yangicha usullari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00

Okean suvlarining isishi dunyodagi ko’plab marjon qoyalariga tahdid solmoqda. Ba'zi ekologlar ularni qayta tiklashda oddiy texnologiyadan foydalanmoqda.

Marjon qoyalari xavf ostida.

Okean suvlarining tez isishi marjonlarning rekord darajada nobud bo'lishiga sabab bo’lmoqda.

“Arkirif” tabiat texnologiyalari kompaniyasi bu muammoga okean tubiga uch o’lchamli "rif plitkalari”ni o’rnatish bilan javob bermoqda. Bu texnologiya yangi marjonlarning o’sishiga yordam beradi.

“Biz ularni g'avvoslar yordamida okean tubiga joylashtiramiz. Keyin uning ustiga marjon parchalarini biriktiramiz", - deydi kompaniya asoschilaridan biri Deniz Tekerek.

Yengil plitkalarning afzalliklaridan biri shundaki, kerak bo'lganda uni chuqurroq va sovuqroq suvlarga ko'chirish mumkin.

"G'avvos bir kunda o'z-o'zidan 40 kvadrat metrgacha maydonni egallashi mumkin."

Okean harorati ko'tarilishda davom etar ekan, bu muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi.

"Gonkongdagi joyimizda plitkalar o’rnatganimizdan uch yil o'tgach, marjonlarning 95 foizi yashab qoldi va bu juda yuqori ko’rsatkich", - deydi Tekerek.

Bu kabi qayta tiklash loyihalari juda muhim, chunki ba'zi olimlarning fikriga ko'ra, iqlim o'zgarishi sababli so'nggi 30 yil ichida marjonlarning yarmi yo'qolgan.

Agar marjonlar yo’qolsa, bu okeandagi va undan tashqaridagi hayotga halokatli ta'sir ko'rsatadi.

Marjon riflari qirg'oqlarni himoya qiladi, suvdagi biologik xilma-xillikni saqlaydi va dengiz hayoti uchun zarurdir.

Markaziy Amerikada Kosta-Rika marjonlarini ko'paytirish loyihasi doirasida yovvoyi tabiatdan marjonning kichik bo'laklari olinib, kerakli joylarda qayta ekish uchun o’stirilmoqda.

Marjon qoyalar xavf ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Olimlar marjon parchalari qayerdan kelganini kuzatib borish va eng chidamlisini topish uchun oddiy texnologiyadan foydalanadi.

"Shuningdek, biz marjonlarimizni kelajakda qaerga joylashimiz haqida iloji boricha ko'proq ma'lumot yig’ish uchun ularni harorat sensorlari va monitoring kabi jihozlar bilan kuzatib boramiz", - deydi loyiha direktori Joani Kleypas.

Kleypasning aytishicha, unga umid berayotgan narsa marjonlarning chidamliligi va moslashish qobiliyatidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG