Breaking News

Ukrainadagi vengerlar nega qo'shni yurtga qochmoqda?


Ukrainadagi vengerlar taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:03 0:00

Ukrainadagi vengerlar taqdiri

Ukrainaning Zakarpatye viloyatida 75 mingga yaqin etnik vengerlar yashaydi. Bu yerlar tinch, Rossiya hujumidan xoli. Ammo urush boshlanganidan so’ng ko’plab vengerlar Vengriyaga qochib o’tdi. Mahalliy aholiga ko’ra, bunga asosiy sabab faqatgina urush emas.

Verbovets – Ukraina g’arbida joylashgan kichik shaharcha. Vengriya chegarasidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalliy aholisi ham asosan etnik vengerlardan iborat.

Zakarpatye viloyatining boshqa hududlari kabi bu yerlar ham tinch. Rossiya hujumlaridan omon. Lekin mahalliy aholining aksariyati bu yerlarni tark etgan.

Bu yerda yashovchi etnik vengerlar uchun Vengriya pasportini olish ancha oson. Aholi vakillarining aytishicha, urush boshlangandan so’ng ko’pgina vengerlar, ayniqsa, harbiy xizmatga yaroqli yoshdagi erkaklar urushga jalb etilishidan qo’rqib, Vengriyaga qochgan. Asosan, ayollar, bolalar va keksalar qolgan.

Zakarpatiye bir vaqtlar Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi bo’lgan. Bu yerda ko'pchilik venger tilida gaplashadi.

Natalya Sipos Verbovetsda yashasa-da, Vengriyada ishlaydi. Ishga borish uchun chegaradan o’tadi.

“Urush boshlanganidan beri hayot og'irlashdi. Ko'p oilalar ko’chib ketdi. Vengerlar uchun bu yerda ish ko’p emas. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban yaxshi, bizga ish berdi. Vengriya boshqacha", - deydi Sipos.

2017-yilda Kiyev ukrain tilini majburiy deb belgilovchi qonun qabul qildi. Etnik vengerlar buni deskriminatsiya deb qabul qildi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishiga qarshi bo’lganining sabablaridan biri ham shu.

Ukraina keyinchalik qonunga o'zgartirish kiritdi. Zakarpatyedagi maktablar venger tilida dars berishi mumkin. Biroq mahalliy aholiga ko’ra, bularning barchasi siyosiy o’yindir, xalq esa siyosiy o’yinlarda qo’g’irchoq.

“Bu ko'p millatli makonga etnik ziddiyatlar tashqaridan keladi. Bu yerda yashovchilar o’zaro hech qanday ziddiyatga bormaydi. Yelkama-yelka yashaydi. Ko'pincha bu sun'iy ravishda yaratilgan keskinlikdir", - deydi vengriyalik Milan Konstantinovits.

Eng katta muammo, deydi ayrimlar, qashshoqlikda, siyosatda emas. Ba'zilar, xususan katta avlod kommunizm davrini qo’msaydi.

“Butun qishloq tark etdi. Ish yo'q, aks holda ochidan o’ladi. Kollektiv xo‘jalik bo‘lganda, ishlab topgan bir necha tiyinimizga ham yashar olardik”, - deydi familiyasini oshkor etishni istamagan kishi.

Verbovets frontdan uzoqda, lekin bo’shab qolgan. Mahalliy aholiga ko’ra, bunga sabab faqatgina urush emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG