Breaking News

AQSh razvedkasi Kongressni global tahdidlardan ogohlantirdi


O’q-dori va qurollardan umidvor Ukraina armiyasi AQSh yordamisiz zaiflashmoqda. AQSh Senati ma’qullagan 60 milliard dollarlik yordam paketi Vakillar palatasida ovozga qo’yilmaydi, deydi spiker Mayk Jonson. Senatorlar yordamni uzish jiddiy xato bo’lishidan ogohlantirmoqda.

“Vakillar palatasining Rossiya agressiyasiga qarshi Ukrainani qo’llab-quvvatlashga doir qonun loyihasini hatto ko’rib chiqishdan bosh tortishi milliy xavfsizlik bobida eng kaltabin qaror bo’ladi”, - deydi senator Mark Vorner.

Xalqaro hayot - 12-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:52 0:00

AQSh razvedkasi 11-mart kuni taqdim etgan global tahdidlarga doir hisobotda Rossiya rahbari Vladimir Putin G’arbning Ukrainaga yordami zaiflashishini kutib payt poylayotgani aytiladi.

“Ayni damda Ukraina, Yevropa xavfsizligi va Amerikaning uzoq muddatli global manfaatlari favqulodda muhim chorraxada turibdi. Kongress qo’shimcha yordamni ma’qullasa, Ukrainaning strategik muvaffaqiyati va Vladimir Putinning strategik mag’lubiyatini kafolatlash mumkin bo’ladi”, - deydi Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Vilyam Byorns.

Xorijiy yordam to’g’risidagi qonun loyihasida Hind-Tinch okeani mamlakatlarini Xitoy agressiyasiga qarshi dastaklash ham nazarda tutilgan. Razvedka xizmati rahbari Avril Xeyns Pekin kelasi yillarda agressiyani kuchaytirishidan ogohlantirdi.

“Pekin qo’shnilarini harbiy kuch bilan qo’rqitishda davom etadi va mintaqada jarayonlar Xitoy manfaatlariga muvofiq shakllanishi uchun intiladi. Xitoy ilg’or platformalar, yangi texnologiyalarni joriy qilib, Tayvanga alohida e’tibor qaratgan holda salohiyatini oshiradi”, - deydi Milliy razvedka xizmati rahbari Avril Xeyns.

Vakillar palatasining respublikachilari AQSh-Meksika chegarasida xavfsizlik oshirilmaguncha xorijiy yordamga oid qonun qabul qilinmasligini aytadi.

“Mashaqqat bilan to’langan soliqlarni 8 ming kilometr olisga yo’llar ekanmiz, chegaramiz lang ochiq, ko’chalarimizda AQSh fuqarolari o’ldirilmoqda. Mana haqiqiy muammo”, - deydi respublikachi qonunchi Skot Perri.

Qonun loyihasida Isroil hukumati va G’azoga gumanitar yordam uchun 14 milliard dollar ajratish ham nazarda tutilgan. Quyi palata demokratlari va ayrim respublikachilari loyihani ovozga qo’yish yo’llarini izlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG