Breaking News

Muhojirlar AQSh iqtisodiyotining davomiy o’sishini ta’minlay oladimi?


Amerikada har kuni 1946-1964-yillar orasidagi davrda tug’ilgan 10 000 ga yaqin odam nafaqaga chiqyapti.
Amerikada har kuni 1946-1964-yillar orasidagi davrda tug’ilgan 10 000 ga yaqin odam nafaqaga chiqyapti.

Amerikada har kuni 1946-1964-yillar orasidagi davrda tug’ilgan 10 000 ga yaqin odam nafaqaga chiqyapti. Bu jarayon “COVID-19” pandemiyasi tufayli tezlashdi; keksa ishchilar kasal bo’lish xavfidan qo’rqib erta nafaqaga chiqishga qaror qilmoqda.

“Biz ishchilarga muhtoj bo’lyapmiz, chunki “beybi bumer”lar (Ikkinchi Jahon urushidan keyin 1946-1960-yillar orasida Amerikada tug’ilish keskin oshgan. Tug’ilish borasida “portlash” bo’ldi degan ma’noda shu yillar orasida tug’ilgan avlodga beybi bumer deb nom berishadi) yoppasiga nafaqaga chiqyapti va ularning o’rnini to’ldirish uchun yosh malakali ishchilar yetishmayapti, - deydi Konferensiya kengashi tadqiqot guruhi bosh iqtisodchisi Dana Piterson. - Har qanday holatda ham biz ishchi kuchiga muhtoj bo’lishimiz aniq edi, pandemiya bu jarayonni tezlashtirdi, xolos”.

Konferensiya kengashining katta iqtisodchisi Iren Selchukning so’zlariga ko’ra, muammo shundaki, har bir ketgan malakali ishchi o’rniga tajribasiz yosh ishchi kelyapti. Bu esa ish samarasining o’sishiga jiddiy ta’sir qiladi.

“Iqtisodiy o’sish sizdagi ishchi kuchining soniga ham bog’liq, - deydi Iren. - Demak, bir tajribali ishchi o’rniga ikkinchi yangi ishchinig kelishi nafaqat ishchi kuchi o’sishini sekinlashtiradi, balki iqtisodiy o’sishga ham ta’sir qiladi”.

So’nggi 50 yil ichida “beybi bumer”lar Amerikadagi asosiy ishchi qatlamini tashkil etar edi. Ularning eng yoshi hozir 60 yoshda.
So’nggi 50 yil ichida “beybi bumer”lar Amerikadagi asosiy ishchi qatlamini tashkil etar edi. Ularning eng yoshi hozir 60 yoshda.

So’nggi 50 yil ichida “beybi bumer”lar Amerikadagi asosiy ishchi qatlamini tashkil etar edi. Ularning eng yoshi hozir 60 yoshda.

Butun bir avlodning bu tarzda tez nafaqaga chiqayotgani federal hukumatning ishchi kuchiga ham zarba bo’lishi mumkin.

“Hozirgi kunda federal hukumat ishchilarining 40 foizini 55 va undan yuqori yoshdagi kishilar tashkil etadi. Bu katta miqdordagi nafaqaga chiqish to’lqini yaqinlashayotganini anglatadi, - deydi Iren. - Ularning o’rnini talablarga javob bera oladigan malakali ishchilar bilan to’ldirish esa qiyin bo’ladi”.

Konferensiya kengashi hozirda keksa ishchi vakillari nafaqaga chiqqanidan keyin qaysi sohalarda ishchi kuchi tanqisligi eng o’gir bo’lishi mumkinligini o’rganmoqda.

Bu sohalarga qo’l mehnati bilan shug’ullanuvchi, ya’ni shaxsiy parvarish, oziq-ovqat xizmatlari, tozalash ishlari, qurilish, montaj, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan bog’liq kasb egalari kiradi. Shuningdek, bumerlarning nafaqaga chiqishi ishlab chiqarish hamda transport sohasiga ham, kam darajada bo’lsa-da, ta’sir qiladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, eng og’ir ishchi kuchi tanqisligi sog’liqni saqlash bilan bog’liq sohalarda bo’ladi, chunki nafaqaga chiqayotganlarning o’ziga ham shaxsiy parvarish zarur.

Keyingi 10 yillikda nafaqaga chiquvchilar soni yangi ishchilar sonidan ko’p bo’lishi kutilmoqda.
Keyingi 10 yillikda nafaqaga chiquvchilar soni yangi ishchilar sonidan ko’p bo’lishi kutilmoqda.

Keyingi 10 yillikda nafaqaga chiquvchilar soni yangi ishchilar sonidan ko’p bo’lishi kutilmoqda.

Hisobotga ko’ra, STEM mutaxassislari - fan, texnologiya, muhandislik va matematika xodimlari borasida ishchi kuchi tanqisligi juda yuqori emas. Shuningdek, masofaviy ishlashga imkon beradigan kasblar, yuqori ta’limni talab qiluvchi kasblar uchun ham ishchi kuchi tanqisligi xavfi nisbatan kam. Lekin ular bu muammodan holi degani emas.

“Stomatologoya sohasida ham mazkur muammo kuzatilyapti, - deydi Iren. - Bu soha vakillarining aksariyati 65 yosh va undan katta; yosh stomotologlar esa ularning o’rnini to’ldiradigan darajada yetarli emas”.

Immigratsiya bumerlar tark etayotgan ish o’rinlarini qisman to’ldirish uchun yechim bo’lishi mumkin, deydi Iren.

“Bu muammoni hal qilishning tezkor yechimidir, chunki yosh avlodga ta’lim berish, ularni ma’lum darajadagi yetuk mutaxassis qilish bir muncha vaqt talab qiladi, - deydi Iren. - Eng tez yechimlardan biri bu immigratsiya va tanqislik kuzatilayotgan kasb vakillari bo’lmish immigrantlarga ishlash huquqini berishdir. Yana bir yechim, nafaqaga chiqishga intilayotganlarni rag’batlantirib, ularni uzoqroq o’z o’rnida ushlab turish bo’lishi mumkin”.

Rag’batlardan biri bu 70 yoshdan oshgan ishchilarga davlat solig’ini to’latmaslik, yana biri masofaviy ish vaqtlarini ko’paytirib berish yoki ish soatlarini kamaytirish ham bo’lishi mumkin.

Eng katta ishchi kuchi tanqisligi sog’liqni saqlash bilan bog’liq sohalarda bo’lishi kutilmoqda. Chunki nafaqaga chiqayotgan bumerlarning o’ziga ham tibbiy xizmatlar kerak bo’ladi.
Eng katta ishchi kuchi tanqisligi sog’liqni saqlash bilan bog’liq sohalarda bo’lishi kutilmoqda. Chunki nafaqaga chiqayotgan bumerlarning o’ziga ham tibbiy xizmatlar kerak bo’ladi.

Eng katta ishchi kuchi tanqisligi sog’liqni saqlash bilan bog’liq sohalarda bo’lishi kutilmoqda. Chunki nafaqaga chiqayotgan bumerlarning o’ziga ham tibbiy xizmatlar kerak bo’ladi.

Chikago san’ati instituti professori Kristin Marianni fikricha, bumerlarning ketishi uning talabalariga katta imkoniyatlar yaratib beradi.

“Jarayonning ijobiy ta’siri shundaki, nafaqaxo’rlar o’rniga kelayotgan yosh avlodda mustaqil qaror qabul qilish, yangiliklarga tayyor bo’lish, ish o’rnida tezroq rivojlanish kabi imkoniyatlar bo’ladi, - deydi Marianni. - Asosiysi, mazkur yoshlarning bilim darajasi va saviyasi ishlash uchun yetarli bo’lishi kerak”.

Karyera bo’yicha murabbiy Juliya Tutakr fikricha, ischilari kamayayotgan kompaniyalar bor xodimlar bilan ishlashga moslashyapti. Bu esa ish o’rinlarining qisqarishi va ma’lum bir muammolarga sabab bo’lishi mumkin.

“Menimcha, masalaning salbiy tomoni shundaki, kompaniyalar o’zlarini qisqartirishni boshlaydi, - deydi “ResumeBuilder.com” sayti mutaxassisi Tutakr. - Ular hozir buni ko’rib chiqmoqda, biroq bu biznesning odatiy bir qismi. Bu kabi kelib ketishlar yillar davomida bo’ladi. O’ylaymanki, bunday o’zgarishlar kelajakda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va biz keyinroq vaziyatga boshqa bir nigoh bilan qaraymiz”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG