Breaking News

Orolbo'yi faoli BMTni "uyg'onishga" chaqirmoqda


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Orolbo’yi muammolari bo`yicha o`zining aniq pozitsiyasini bildirishi va hozirgacha orolbo`yiga ko`rasatilgan yordamlar yuzasidan monitoring o`tkazishi kerak, deb hisoblaydi xalqaro tashkilotning O`zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi professor O'ral Otaniyozova.

Hozirgi qoraqalpoq ayol-qizlarining keng dunyo jamoatchiligiga eng tanilgani kim, degan savolga, O’ral Otaniyozova, deb javob berishsa, hech ham ajablanmang.

Chunki tibbiyot fanlari doktori, professor O’ral Amino’vna Otaniyozova Toshkent tibbiyot instituti Nukus filiali direktori, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kenesi deputati bo’libgina qolmay, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi prezidiumi a’zosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Suv, tozalik va gigiena dasturining O’zbekiston bo’yicha koordinatori, “ Shifokorlar atrof-muhit uchun” (Shveytsariya) halqaro tashkilotining prezidenti va Butunjahon xotin-qizlar tashkiloti Kengashi a’zosi hamdir. O’ral Otaniyozova ekologiya sohasida halqato Gol’dman mukofoti sovrindori.

Lekin bizning qisqa suhbatimiz unvonlar-u ,mansablar haqida emas, balki O’ral Ataniyozovaning hayoti mazmuni-qoraqalpog’istonliklarning muammolari borasida bo’ldi.

-O’ral Aminovna, Qoraqalpog’istonda 2000-2001 yillardagi ogir suvsizlikdan keyin, mana ikki-uch yildirki, suv mo’l. Biroq, aholining sog’ligiga ushbu holat sezilarli ta’sir qilmayotgan ko’rinadi?

- So’nggi yillarda suvning miqdori etarli bo’lganligi bilan, uning sifati yaxshilandi, deb aytolmaymiz. Biz Respublikaning shimoliy hududlarida 1500 oilada kuzatuvlar olib borganimizda, aholining 50 foizdan 80 foizigacha ichimlik suvini ochiq suv havzalaridan olayotganligini aniqladik. Odamlar ochiq resurslardan suv ichganidan keyin, albatta, ularning sog’ligi yaxshi bo’lmaydi,- deydi Otaniyozova.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, aholi iste’mol qilayotgan ichimlik suvining yopishqoqligi me’yorda etti foiz bo’lishi kerak ekan, ammo bu ko’rsatgich 17 foizga ko’tarilgan.

- Ahvolni o’nglash uchun Amudaryoning yuqori qismi-Tuyamo’yindan Nukusga deyarli 400 kilometrlik suvo’tkazgich tortib kelingan,- deydi Otaniyozova, - Bunday qarasangiz, Tuyamuyinning bizga kelib turgan suvining o’zi sifatsiz. Toza degan Tuyamuyin suvida ham pestitsidlarning izlari bor, tuzliligi ham yuqori. Shu boisdan, halqimizni Tuyamuyin suvi bilan yuz foiz ta’minlaganda ham, ushbu suvni filtrlab, tozalab, ichimlilik holatiga keltirish kerak. Bizda hozirda ushbu ishlarni koordinatsiya qiladigan tashkilot etishmay turibdi.

-Ko’plab dasturlar bajarilmay, faqat qog’ozda qolayotgani orolbo’yiliklarni tashvishlantirmoqda. Masalan…

---Masalan, 1994 yili Nukusda BMT ning konferensiyasi bo’lib o’tdi. Anjumanda qabul qilingan deklaratsiyaga muvofiq, 2000 yilga har bir odam Orolbo’yida toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi kerak edi. Vaqt o’tib , ikki minginchi yili, har bir odam tugul, suvsizlik bo’lib, chorvamiz ham qirilib ketdi-ku, o’ylab qarasangiz,- deydi faol.

-So’nggi paytlarda BMT ning faoliyati ham etarli bahs-munozaralni keltirib chiqarmoqda. Bunday holatning sababini nimada deb o’ylaysiz?

---Shu urish bo’lsin, ofatchilik bo’lsin, barchasi hozirda biznesga, kommersiyaga aylanib ketdi. Bu hol meni juda tashishga soladi. Men o’ylayman-ki, xalqaro tashkilotlar umuman Orol muammolarini o’rtaga qo’yib, shu paytgacha maxsus bir dastur tuzgani yo’q. Bu, BMT ning o’z prinsipial pozitsiyasini ko’rsatmaganligidir. Yigirma yildan beri Orol muammolarini gapiramiz, lekin muammolarni hech kim hozirgacha to’lig tahlil qilmagan. Xalqarolik muammolarning hududga tasiri nimalardan iborat, Qoraqalpog’istonga qancha investitsiya keldi, ularning natijalari borasida monito’ring o’tkazish lozim , deb o’ylayman.

-Mana aytayapsiz-ki, odamning sog’ligi 60-70 foiz o’ziga bog’liq ,deb. Lekin biz 30- 40 foiz sog’ligimizni ishonib topshiradigan tibbiyot xodimlarimiz Orolbo’yi ekolo’gik sharoitida faoliyat ko’rsatishga maxsus tayyorlanadilarmi? 1200 talaba o’qiydigan Sizning Nukus filialida bu borada qanday ishlar qilinmoqda?

---Chet el tibbiyot oliygohlarida “Ekologik sog’lik” degan dasturlar bor. Ular bizda sanitariya-gigiena o’quv kurslariga bir-necha soat bo’lib kiradi, biroq, maxsus dastur yo’q. Men yaqinda ushbu muammolar bo’yicha Evropa jamg’armasi granti hisobiga Avstriya va Italiyaga bordim. Orol bo’yida tayyorlanadigan shifokorlar, bular ofatchilik hududlarida faoliyat ko’rsatishga maxsus o’qitilgan bo’lishlari lozim. Hozir biz uch-to’rtta tibbiyot institutlari qo’shilib, 72 soatlik ekologik salomatlik degan kurs ochib, ushbuni o’quv dasturiga kiritayapmiz va o’zimizning Nukus filialida eksperiment tariqasida o’tkazishga harakat qilayapmiz,- deydi O'ral Otaniyozova.

XS
SM
MD
LG