Breaking News

Messining jajji afg'on muxlisi qochqinga aylandi


Murtazo Ahmadiy argentinalik futbol yulduzi, Barselona klubi hujumchisi Lionel Messidan olgan futbolkani ko'z-ko'z qilishdan xursand
Murtazo Ahmadiy argentinalik futbol yulduzi, Barselona klubi hujumchisi Lionel Messidan olgan futbolkani ko'z-ko'z qilishdan xursand

Besh yoshli Murtazo Ahmadiy uchun argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi – haqiqiy qahramon. Shu yil boshida afg’onistonlik bolakay internet orqali keng ommaga tanildi. Messining ismi va raqami tushirilgan sellofandan qilingan qo’lbola futbolka kiyib tushgan rasmi uni bir zumda mashhur qildi. Bundan xabar topgan Messi Murtazoga dastxati tushirilgan haqiqiy futbolka yubordi. Afg’oniston futbol federatsiyasi hatto Murtazoning Messi bilan uchrashuvini tashkil qilishga urindi.

Messidan haqiqiy futbolka olishdan avval Murtazo qo'lbola maykada to'p tepar edi
Messidan haqiqiy futbolka olishdan avval Murtazo qo'lbola maykada to'p tepar edi

Biroq bolakayning mashhurligi oilasiga zarar bo'ldi. Tolibon ularga do’q-po’pisa qilganidan so'ng Ahmadiylar qo’shni Pokistonga qochishga majbur bo’ldi.

“Borimni sotdim. Oilamni Afg’onistondan olib chiqib ketishga majbur bo’ldim. O’g’limning hayotini, yaqinlarim hayotini saqlab qolish uchun”, - deydi Murtazoning otasi.

U toliblar dunyoga dong'i ketgan o'g'lini o’g’irlab ketishidan va garovdan ozod etish uchun katta pul so'rashidan qo'rqdi.

Tolibon harakati Afg’onistonni 1996-2001-yillarda boshqarganida aksariyat sport turlari taqiqlangan edi. Kobuldagi eng katta stadionda sport musobaqalari o'rniga omma oldida qatl marosimlari o'tkazilar edi. Futbol man qilinmasa-da, toliblar sportni G’arb ta’siri deb biladi va unga qarshi.

Otaning aytishicha, Murtazo Messi bilan kelajakda uchrashish umidini uzgani yo'q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG