Breaking News

Jurnalist Muhammad Bekjonov qamoqda qoladi


Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Protect Journalists) “Erk” gazetasi muharriri Muhammad Bekjonovga qo’shimcha ayblov qo’yilganini qoraladi
Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Protect Journalists) “Erk” gazetasi muharriri Muhammad Bekjonovga qo’shimcha ayblov qo’yilganini qoraladi

Muxolifatdagi "Erk" gazetasining bosh muharriri, uzoq yillik siyosiy mahbus Muhammad Bekjonov jazo muddati tugashiga oz qolganda boshqa bir jinoyatda ayblanib, qamoqda qoldirildi.

"Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo'mitasi"ning rahbari Bahodir Namozovga ko'ra, qamoqda 12 yil o'tirgan Muhammad Bekjonov jazo muddatining uzaytirilishi hukumatning inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan murosasiz qolayotganini ifodalaydi.

Namozov deydiki, O'zbekistonda nafaqat erkinlikdagi faollarga, balki qamoqda qolayotgan siyosiy mahbuslarga ham bosim kuchaygan.

"Vijdon tutqinlarini ozod etish qo'mitasi" ma'lumotiga ko'ra, diniy sabab bilan qamalgan minglab fuqarolardan tashqari qamoqda 30 dan ziyod siyosiy mahbuslar ham bor. Ular asosan inson huququlari himoyasi, jurnalistika yoki muxolif siyosiy faoliyati uchun panjara ortiga tashlangan.

Muhammad Bekjonov
Muhammad Bekjonov

Muhammad Bekjonovga nisbatan jazo muddatining uzaytirilishi xalqaro tashkilotlar noroziligiga ham sabab bo'lmoqda. Jumladan, Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi so'nggi voqealardan g'azabda ekanini aytib, jurnalistni zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

Muhammad Bekjonov 1999-yilda qamalgan bo'lib, jahon bo'ylab qamoqda eng ko'p saqlangan ikki jurnalistdan biridir. Ikkinchisi ham O'zbekistondan. Bekjonning partiyadoshi, u bilan bir vaqtda, 15 yilga qamalgan.

Muhammad Bekjonov "Erk" partiyasining raisi Muhammad Solihning ukasi. Muhammad Solih o'z chiqishida ukasiga nisbatan uyushtirilgan tazyiqlardan qattiq taassufda ekanini, biroq siyosiy kurash yo'lidan qaytmasligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG