Breaking News

Harbiy byudjet qisqarar ekan, Pentagon xavotirda


Amerika harbiy byudjeti/US Military Budget Cuts
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

Amerika harbiy byudjeti/US Military Budget Cuts

AQShda byudjet atrofidagi bahs-munozara yakuniga yetmasa, mamlakat yana avtomatik qisqarishlarga yuz tutishi mumkin. Mudofaa vaziri Chak Xeygl qizqarishlarning harbiy soha uchun zarari haqida yangi hisobot chiqardi.

Byudjet qisqarishi va mudofaa, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:49 0:00
Yuklab oling
Agar byudjet qisqarsa, AQShning qiruvchi samolyotlarni tashuvchi 13 avianosetsidan uchtasining bahridan o’tish kerak bo’ladi.

Avtomatik qisqarishlarning salbiy oqibatlari haqida mudofaa vazirligi ilgari ham ogohlantirgan.

Xeygl raqamlarini keltiradi.

“Birinchi variantni tanlasak, yuqori salohiyatli armiyamiz ziyon ko’radi. Askarlar soni 380 mingdan 450 minggacha kamayadi. Avianosetslar miqdori 11 tadan 8 ta yoki 9 taga tushadi. Dengiz piyoda qo’shinlari soni 182 mingdan 150 yoki 175 mingga qisqaradi. Eskiroq qiruvchi samolyotlar faoliyatini ham tugatish kerak”, - deydi Pentagon rahbari.

Ikkinchi rejaga ko’ra esa, qo’shinlar sonini qisqartirmay, yangi texnologiyaga ajratilayotgan mablag’ni kamaytirish mumkin.

“Ikki yo’ldan birini tanlashimiz kerak bo’ladi. Askarlar, kemalar, havo kuchlari va dengiz batalyonlari sonini qisqartirish kerakmi yoki qurol tizimlarini zamonaviylashtirish hamda harbiy texnologiyani rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishmi?” – deya so’raydi Xeygl.

Ayrim Pentagon rasmiylari askarlar sonini kamaytirib, ko’proq uchuvchisiz boshqariladigan dronlar xizmatidan foydalanish tarafdori.

Mudofaa byudjeti bo’yicha mutaxassis Tod Xarrison fikricha, masalaga qanday yechim topilishidan qat’i nazar, Iroq va Afg’onistondagi urushlar nihoyasiga yetayotgani bois askarlar soni baribir anchaga kamayadi.

“Kichik degani yomon degani emas. Oz sonli armiya bilan ham yaxshiroq va ko’proq ishni bajarish mumkin. Asosiy masala shu”, - deydi tahlilchi.

Harbiy soha ko’radigan zarar haqida Pentagonning avvalgi ogohlantirishlari natija bermagan. Sekvestr baribir kuchga kirdi. Xarrisonga ko’ra, Pentagon bu safar zarar va tahdid haqida ochiq gapirib, Kongressni xavotirga solmoqchi.

“Nazarimda, vazir Xeygl bu safar umumiy manzara haqida ma’lumot berishdan ko’ra aniq faktlarni keltirish orqali vaziyatning naqadar jiddiyligini namoyish qilmoqchi”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG