Breaking News

Rossiya Ukrainaga qo'shin olib kirarkan, Kiyev urushmoqchi emas


Rossiya kuchlari, Qrim, 28-fevral, 2014
Rossiya kuchlari, Qrim, 28-fevral, 2014

Rossiya rahbari Vladimir Putin parlamentdan Qrimga harbiylarni tortish bo’yicha ruxsat olgan. Asosiy sabab – muxtoriyat hukumatining madad so’rayotgani, deya bildirmoqda Kreml. Rossiya ruslarni himoya qiladi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonlarni bosiqlikka undamoqda.

Kiyevdagi muvaqqat rahbarlar nazarida Rossiya provokator, urush boshlamoqchi. Lekin Ukrainani o’z tuzog’iga ilintira olmaydi, deydi ular.

Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk bugun xalqiga shuni e’lon qildiki, davlat Rossiya bilan harbiy olishuvga kirishmaydi. Vaholanki, hozirda Qrimda 15 ming rus askari borligi taxmin qilinmoqda.

Bu orada esa Qrimning yangi bosh vaziri Sergey Aksyonov butun hudud nazorat ostida va “tinchlikni saqlash uchun Rossiyadan madad olamiz”,- deya bong urmoqda.

Qrim xavfsizlik kuchlari orasida Rossiyaga qarshilar bo’lsa, ular safni darhol tark etsin, deydi Aksyonov. Muxtoriyat o’z kelajagini o’zi belgilaydi, hech kim unga gapini o’tkaza olmaydi, deydi bosh vazir.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonlarni bosiqlikka undamoqda.

“Amerika Ovozi” muxbiri Elizabet Arrott Semferopoldan turib xabar berar ekan, parlament harbiylar qurshovida, deydi. Biroq bu harbiylar aynan qay davlatniki, aniq emas.

Rossiya rahbari Vladimir Putin parlamentdan Qrimga harbiylarni tortish bo’yicha ruxsat olgan. Asosiy sabab – muxtoriyat hukumatining madad so’rayotgani, deya bildirmoqda Kreml. Rossiya ruslarni himoya qiladi.

Yuqori palata rahbari Valentina Matviyenko “mintaqadagi rus fuqarolari va Qora dengizdagi flot xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus choralar ko’ramiz”, deydi.

AQSh Kremlni urush qimmatga tushadi deya ogohlantirar ekan, Vashingtondagi elchi chaqirib olinsin, deya buyurdi Rossiya qonunchilari.

Ukraina muvaqqat prezidenti Turchinov fikricha esa Rossiya 2008-yilda Gruziya sarhadiga qanday bostirib kirgan bo’lsa, bugun Ukrainada ham shu usulni qo’llamoqda. O’shanda rusparast Abxaziya “manfaatlar himoyasi” bahonasi bilan egallab olingan edi, deydi u. Qrimning ikki milliondan oshiq aholisining aksariyati ruslar.

Mintaqa 1954-yildan beri Ukrainaning bir qismi. Rossiyaning Qora dengizdagi harbiy floti Sevastopol shahrida asoslangan.

Vladimir Putin
Vladimir Putin

Ukrainada o’tgan hafta hokimiyatdan ag’darilgan prezident Viktor Yanukovich davlat xazinasidan 70 milliard dollar o’marganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, qarzga olingan 37 million dollar ham g’oyib bo’lgan, deydi Bosh vazir Yatsenyuk. Hozirda Rossiyada panoh topgan Yanukovich va uning o’g’liga qarshi Shveytsariyada ham jinoiy ish ochilgan.

Rossiya Ukrainani tabiiy gaz uchun pulni vaqtida to’lamaganlikda ayblab, jazolash xususida gap ochgan. Gazpromga ko’ra, o’tgan yilgi qarzlaridan qutulgani yo’q va bu yilning o’zida 1,55 millard dollarga botgan.

Qrimdagi ruslar Kiyevdagi yangi rahbarlarni tahdid deb biladi va ularni tan olmaydi. Simferopoldagi muxbirimiz Elizabet Arrott deydiki, masala siyosiydan harbiyga aylangani oydek ravshan.

Qrimda musulmon aholi ham bor, asosan tatarlar va ular orasida Rossiyaga qarshilik kuchli.

Xo’sh, oddiy qrimliklar vaziyat haqida qanday fikrda?

Ukraina muvaqqat Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk
Ukraina muvaqqat Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk
“Menga bo’layotgan voqealar ma’qul emas. Oldin ham xavf ostida edik, bugun ham shu, vahima kuchaygan. Ertalab tursak, Rossiya bayrog’i… Tushunamayapmiz nima bo’layotganini”, - deydi o’zini Eminiya deb tanishtirgan ayol.

Uning yonida turgan qrimliklar ham shunday xavotirlar bildiradi. Kim nega bosib oladi bu o’lkani? Nima xavf bor bu yerda?

“Namoyishlar va to’ntarishlar Kiyevda bo’ldiku, nima uchun bizning tinchligimizni buzishayapti”, - deya so’raydi bir fuqaro.

“Rossiyani qo’llab quvvatlaymiz",- deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan yana bir ayol. "Bizni hech kim ko’chaga majburlab olib chiqqani yo’q. Ukrainada ozchilik bo’lishni istamaymiz. Rus tilida gapirishni xohlaymiz, hayotimiz Rossiya bilan bog’liq bo’lishini istaymiz”.

Amerika Ovozi Radiosi - 1-mart, 2014, shanba dasturi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:59 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG