Breaking News

Snouden Milliy xavfsizlik agentligiga qarshi bahsda g'olib chiqqanini da'vo qildi


Maxfiy dastur fosh etilganidan ikki yil o'tib...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

Maxfiy dastur fosh etilganidan ikki yil o'tib...

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden hukumatning josuslik dasturlariga oid yuzlab maxfiy hujjatlarini ommaga oshkor qilganiga roppa-rosa ikki yil to’ldi. Xavfsizlik ustunmi yoki shaxsiy daxlsizlik huquqimi degan savolga haligacha aniq javob yo’q, bahs-munozaralar tinmayapti.

Snouden va Milliy Xavfsizlik agentligi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00

Edvard Snouden qo’l urgan ish butun dunyoda shov-shuvga sabab bo’lib, hukumatlarni o’z aholisi ustidan josuslik qilish dasturlariga o’zgartirish kiritishga majbur qildi.

Masalan, shu oy boshida Amerikada Kongress “Ozodlik qonuni”ni qabul qildi. Hujjat fuqarolarning telefon so’zlashuvlariga doir ma’lumotlari va internetdagi faoliyatini tekshirish bo’yicha hukumat vakolatini cheklab, millionlab amerikaliklar ketidan ma’lumot yig’ishni o’z ichiga olgan avvalgi amaliyotga chek qo’ydi.

Respublikachi senator Jon Kornin yangi qonundan norozi.

“Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi FBRning 56 ta idorasida mahalliy terrorchilarga qarshi ish ochilgani haqidagi gaplarini men o’ta jiddiy qabul qilaman. Bunday sharoitda keraksiz ishlarga qo’l urish mutlaqo ahmoqgarchilik”, - deydi senator.

“Xalqaro Amnistiya” tashkiloti uyushtirgan yig’in ishtirokchilariga videokonferensiya orqali murojaat qilgan Soudenning aytishicha, “Ozodlik qonuni” uning haqligini ko’rsatdi.

“70-yillarda razvedka xizmati isloh qilingandan beri o’tgan so’nggi 40 yilda AQSh tarixida ilk bor odamlarning qo’rquvdan ko’ra dalillarga ko’proq ishonganiga guvoh bo’ldik. Yaqin tarixda birinchi marta hukumat da’volariga qaramay, yakuniy qarorni jamoatchilikning o’zi qabul qildi. Bu o’ta keskin o’zgarish. Uni qadrlashimiz, undan unumli foydalanib qolishimiz kerak”, - deydi Rossiyadan siyosiy boshpana olgan Snouden.

“Xalqaro Amnistiya” tahlilchisi Sherif Alsaid-Alining aytishicha, hukumatlar ommaviy kuzatuvning qonuniyligi haqidagi munozarada yengilganini tan olishi kerak.

“Bu dasturlarni qisqartirishga to’g’ri keldi. BMTdagi xalqaro ekspertlar, sudlar ularni noqonuniy deb topib, inson huquqlari va xalqaro huquqiy majburiyatlarga zid ekanini e’lon qildi. Yirik texnologik kompaniyalar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning yangi choralarini joriy qilayotganiga ham guvoh bo’ldik”, - deydi u.

Ammo kuzatuv dasturlarining ommaga e’lon qilinishi salbiy oqibatlarga ham olib keldi, deydi Britaniyada joylashgan Genri Jekson nomidagi jamiyat tahlilchisi Robin Simkoks.

“Davlat xodimlari, davlat pudratchilarining shikoyatlari, boshqaruv tizimidagi xatolarni to’g’rilashga doir takliflarini rasmiylashtirishning o’z yo’llari bor. Bu “Gardian” yoki “Vashington Post” kabi gazetalarida chop etish orqali qilinmaydi. Snouden razvedka agentliklarining milliy xavfsizlikni ta’minlash salohiyatiga zarar yetkazadigan sirlarni ham ochib tashladi”, - deydi u.

Britaniyada ham favqulodda holatlarda kuzatuv olib borishga ruxsat beruvchi va parlamentdan tez o’tkazilgan qonun hozir sudga oshirilgan. Hujjat davlat idoralariga odamlarning telefon va internet ma’lumotlarini yig’ish huquqini beradi. Hukumatga ko’ra, bu jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash uchun zarur chora.

Snouden mashmashasi boshlanganidan ikki yil o’tib, fuqarolik erkinliklari va odamlarni nazorat qilish mavzusi yuzasidan bahslar yanada avj olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG