Breaking News

Meyn shtati ahli qurol nazorati masalasini ovozga qo'yadi


Qurol kimga sotiladi?
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Qurol kimga sotiladi?

AQShda noyabrda bo'ladigan prezident saylovi kunida ayrim shtatlarda aholi boshqa masalalar bo'yicha ham ovoz berishi kutilmoqda. Masalan, Meyn shtatida qurol xaridorlari tekshiruvdan o'tkazilishi kerakmi, degan savol saylov byulleteniga kiritiladi. Bunga qarshilar ham, uni yoqlayotganlar ham bor.

Veyn Richardsonning qizini olti yil oldin otib ketishgan. U va rafiqasi Judi uchun bu musibat kechagidek yodida.

"Bu hanuz jumboq, chunki qurol olgan odamni tekshirishmagan", - deydi Judi.

Qizini qanday quroldan o'ldirishganini aniqlashning imkoni ham bo'lmagan.

"Biz shunga chek qo'ymoqchimiz", - deydi ona.

Richardsonlar oilasi va boshqalar masalaning referendumga olib chiqilishiga erishdi.

"Siyosatchilarimiz va hukumatimiz qo'lidan hech narsa kelmadi. Meyn shtatida biz bu masalani xalq hukmiga havola qilamiz", - deydi Judi.

Tashabbus uchun chetdan, xususan, qurol nazorati tarafdori, Nyu-York sobiq meri Maykl Blumbergdan mablag' olingani tanqidlarga uchradi.

San-Bernardino va Orlandoda yuz bergan ommaviy otishmalar ketidan qurol nazoratiga oid bahslar kuchaydi. Ammo qurol olib yurish odatiy hayot tarziga aylangan Meyn shtatida nazoratning kuchayishiga qarshilik yuqori.

Xenk Snoumen kabi ovchilar ham tashabbusga jalb qilingan.

"Qurol ko'rgazmalaridagi savdolarda tekshiruv bo'lgani yaxshi. Bu men uchun muammo emas", - deydi u.

Ammo qonunning ayrim bandlari Snoumenga ham ma'qul emas. Masalan, qurolni oilada yoki do'stlar bilan baham ko'rishga qo'yilgan cheklov. Bu haddan oshish, deydi qarshilar.

Lyuk Xaus fikricha, maqsad qurollar ustidan butunlay nazorat o'rnatish.

"Bizni ahmoq qilishyapti. Bizni shunchalik sodda yoki ahmoq deb o'ylashyaptimi? O'zimizni himoya qilish bo'yicha daxlsiz huquqimizni berib qo'yamizmi? Bu haqorat. Odamni g'azablantiradi", - deydi u.

Shunig uchun bu tashabbus noyabrda ovozdan o'tmaydi, deydi Lyuk.

"Biz adolat tarafidamiz va adolat yengadi. Bizdan huquqimizni tortib ololmaysiz", - deydi u.

Ammo Judi uchun bu oddiy tekshiruv.

"Nega sizni tekshirishlarini istamaysiz? Buning nimasi qiyin, shuni tushunmayman", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG