Breaking News

Alsgeymer kasalligiga oid tadqiqotlar umid uyg'otmoqda


Alsgeymer qanday kasallik? Hope for Alzheimers
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:07 0:00
Yuklab oling

Alsgeymer qanday kasallik? Hope for Alzheimers

Amerika hukumati Alsgeymer kasalligiga qarshi kurash uchun 50 million dollar ajratmoqda. Insonni aqliy qobiliyatdan ayiradigan bu xastalik asosan keksalarda uchraydi. Davosi hali topilmagan. Biroq so’nggi izlanishlar umid uyg’otmoqda.

Alsgeymerni tushunishga harakat qilib kelayotgan olimlar so’nggi ikki tadqiqot natijalaridan nihoyatda mamnun. Chunki bu kasallik miyada qanday tarqalishini tushunish imkoniyati paydo bo'ldi.

Amerika tibbiy yordam jamg’armasi izlanish homiylaridan. Tashkilot vitse-prezidenti Gay Eykenning aytishicha, kasallik rivoji miyadagi “tau” deb nomlangan oqsil moddasining uzatilishiga bog’liq.

Alsgeymer kasalligiga oid tadqiqotlar umid uyg'otmoqda
Alsgeymer kasalligiga oid tadqiqotlar umid uyg'otmoqda
“Miyada tau oqsil moddasi bir hujayradan boshqasiga uzatiladi. Unisi kasallikka chalinsa, undan keyingi hujayraga ham o’tadi. Bu ilmiy xulosa bizga Alsgeymer kasalligi qanday rivojlanishini tushunish imkonini beradi”, - deydi u.

Tadqiqotlarning hammasi ham kashfiyot bilan tugavermaydi, deydi Eyken. Biroq uzoq vaqt davomida olib borilgan bir necha izlanish xulosalari, ham hayvonlar, ham inson ishtirokidagi tajribalar, kasallik miyani qanday yemirishi haqida ma’lumot beradi.

“Alsgeymerga chalingan miyaning yemirilishi spiral shaklda yuz beradi. Asta-sekin odamning harakatlanish qobiliyatiga ta’sir qiladi, ayni vaqtda miyaning ruhiyat va sezish qobiliyatini nazorat qiluvchi qismlarini qamrab oladi. Oxir-oqibat miya o’ladi”.

Doktor Vilyam Jagust va Kaliforniya Universiteti olimlari o’tkazgan boshqa bir tadqiqotga ko’ra, miyasi faol odamlarning kasallikka chalinishi ehtimoli kamroq. Masalan, kitob o’qish, yo’zish, topishmoqlar topish bilan qiziqqan odam miyasida Alsgeymer kasalligining birinchi belgisi bo’lgan amiloid moddasi to’planmaydi.

“Miya qancha faol va o’rganish qobiliyati qancha kuchli bo’lsa, miyada amiloid shuncha kam bo’ladi”, - deydi doktor Jagust.

AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan umrining so'nggi yillarida Alsgeymer kasalligidan aziyat chekkan.
AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan umrining so'nggi yillarida Alsgeymer kasalligidan aziyat chekkan.
Yana bir tadqiqot amiloid moddasi yoshlar miyasida ham yig’ila boshlashi mumkinligini ko’rsatgan. Odatda Alsgeymerga keksalar ko'proq moyil.

Doktor Brayan Eplbi - Klivlend klinikasida ruhiy kasalliklar bo’yicha mutaxassis. “Kasallikning oldini olish uchun yoshlikdan harakat qilish kerak keladi", - deydi u.

AQSh Salomatlik instituti direktori, doktor Frensis Kollins deydiki, so’nggi tadqiqotlar muvaffaqiyatli bo’lsa-da, jumboqlar hali talay.

“Kasallik haqida molekulyar darajada tasavvura ega bo’ldik. Lekin boshqa jihatlarini hali uncha tushunmaymiz”.

Hozirda Alsgeymer bemor uchun o’lim hukmi bilan barobar. Unga qarshi 80 ga yaqin yangi dori sinovdan o’tyapti. Olimlar ular orasida kasallikni davolaydigan, hech bo’lmasa sekinlashtiradigani bor degan umidda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG