Breaking News

Eron sanksiyalardan qutulib, xalqaro tizimga qo'shilishga shay


Eron yaqin orada sanksiyalardan qutulib, xalqaro iqtisodiy sistemaga qayta qo'shilishi kutilmoqda. Ammo ayrim tahlilchilar fikricha, Saudiya Arabistoni bilan davom etayotgan diplomatik janjal bu jarayonga g'ov bo'lishi mumkin.

Eron sanksiyalardan qutulib, xalqaro tizimga qo'shilishga shay - Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

O'tgan yilning yozida Avstriyada imzolangan kelishuvga ko'ra, Eron yadroviy programmasidan voz kechadi va evaziga o'nlab yillar davomida joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalardan xalos bo'ladi.

O'tgan olti oy ichida Eron inshootlarida uranni boyitish uchun ishlatiladigan minglab sentrifugalar ishdan to'xtadi, boyitilgan uran moddasi esa Rossiyaga jo'natildi.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat uchun mas'ul rasmiysi Federika Mogerini so'zlariga ko'ra, belgilangan kun yaqinlashmoqda. Eron bitim shartlariga amal qilayapti.

Arak yadroviy inshootidagi suv reaktorini ishdan to'xtatish ham ana shu shartlar sirasiga kiradi.

Ammo ayrim tahlilchilar fikricha, xalqaro kelishuv sharofati bilan erishilayogan yengilliklar va Prezident Hasan Ruhoniy ko'zlayotgan islohotlarning beliga tepgan narsa Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi mojaro bo'ldi.

"Eron xuddi qopqonga tushgandek. Ular sanksiyalardan qutulib, xalqaro hamjamiyat bilan yangidan aloqalar o'rnatishga hozirlik ko'rayotgan edi", - deydi Bo'hronlarni o'rganish xalqaro tashkilotidan Ali Voiz.

Saudiya Arabistonida shia imom Nimr al-Nimr qatl etilgani Tehronda katta namoyishlarga sabab bo'lib, Saudiya elchixonasiga o't qo'yilgan. Natijada Riyod va unga ittifoqchi sunniy davlatlar Eron bilan diplomatik aloqani uzdi.

Saudiya Arabistoni va Eron azaldan bir-biriga raqib va qo'shni davlatlarda turli guruhlarni quvvatlab keladi. Sharhlovchilarga ko'ra, Eronning yadroviy kelishuvidan qirollik norozi, chunki u Tehronni G'arbga yaqinlashtiradi.

Saudiyaning Tehrondagi elchixonasiga hujum o'tmishni ham yodga soladi, deydi Ali Voiz.

"Eron yana xorijiy elchixonalarga hujum qiladigan, boshqa davlatlarga o'lim tilab namoyishlar uyushtiradigan mamlakat sifatida namoyon bo'lmoqda", - deydi u.
Biroq o'tmishdan farqli o'laroq bu safar Eron rahbariyati namoyishchilarni hibsga oldi, xavfsizlik uchun mas'ul rasmiylar ishdan ketdi.

Islomiy respublika, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo'llab, diplomatik idoralarga hujum yuzasidan afsus bildirdi. Javobgar shaxslar jazosini oladi, deydi rasmiylar.

Ammo suhbatdoshga ko'ra, maktubdan naf bo'lgani yo'q, chunki Eron Saudiya Arabistonidan emas, xalqaro hamjamiyatdan uzr so'radi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG