Breaking News

Iroq kurdlarining siyosiy qudrati ortib bormoqda


Katie Hensler looks over a sunflower field in Lawrence, Kansas, Sept. 7, 2016. The 40-acre field, planted annually by the Grinter family, draws thousands during the week-long late summer blossoming of the flowers.
Katie Hensler looks over a sunflower field in Lawrence, Kansas, Sept. 7, 2016. The 40-acre field, planted annually by the Grinter family, draws thousands during the week-long late summer blossoming of the flowers.

Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borayotgani koalitsiya tomonidan olqishlanmoqda. Ammo ularning arablar yerida o'rnashib borayotgani mintaqada arab-kurd ziddiyatlarini yanada kuchaytirishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Iroq kurdlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

Yaqin Sharqdagi mojarolar asosida elatlararo ziddiyatlar muhim o'rin tutadi. Ayrim tahlilchilar fikricha, kurdlarning harbiy muvaffaqiyatlari mintaqada milliy adovatni avj oldirishi mumkin.

Kurdiston viloyati hukumati Iroqning hozir "Islomiy davlat" nazorati ostidagi Mosul shahriga yurish qilmoqchi emasmiz, deydi. Ammo katta kurd aholisiga ega Nineva, Kirkuk, Salohiddin va Diyala viloyatlari boshqa masala.

Kurd rasmiylari allaqachon chegarasi hozirgi avtonom viloyat tashqarisigacha chiquvchi yangi kurd davlatini qurish haqida gapirmoqda. Nasoro, turkman va yazidiy jamiyatlarining kurdlarni iliq kutib olishi "Islomiy davlat"ga qarshi kurashimiz besamar kechmayotganidan dalolat, deydi ular. Bugun Nineva viloyatidagi ozchilik kurdlar mustaqil kurd davlatini tuzish g'oyalarini olg'a surmoqda.

Mahalliy arablar esa peshmerga jangchilarining maqsadlariga shubha bilan qaraydi. Ularga ko'ra, "Islomiy davlat"ni yenggan kurdlar arab yerlarini o'zlashtirish payiga tushishi mumkin.

Iroq rasmiysi Salim al-Jaburiyning aytishicha, kurd jangchilari "Islomiy davlat"dan tozalangan hududlarga shu yerda yashagan mahalliy arablarning qaytishiga ruxsat bermayapti.

Milliy strategik tadqiqotlar instituti tahlilchisi Denis Nataliga ko'ra, jangarilarga qarshi kurashda AQShning peshmerga kurdlariga ko'p suyanayotgani sunniy arablar noroziligiga sabab bo'lmoqda.

"Koalitsiya hamkorlari sifatida Iroq kurdlarini hududga kiritish "Islomiy davlat" manzillarini yo'q qilishda qo'l kelishi mumkin, ammo bu kurdlarning yerlarni egallab olishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda", - deydi u.

Shialar qo'lidagi markaziy hukumatga ishonch sustligi bois "Islomiy davlat" Iroqning sunniy arablari orasida ko'plab tarafdorlar orttirgan. Kurashga kurdlarning qo'shilishi sunniy aholi e'tirozlarini pasaytira olgani yo'q. "Islomiy davlat"ga qarshi qurollangan shia guruhlari ham sunniylarga zug'um o'tkazishda davom etmoqda. Ular hatto kurdlarning azaliy yeri bo'lgan Kirkuk shahrida peshmerga jangchilari bilan olishgan.

Suriyada Assad rejimiga qarshi kurashayotgan muxolifat orasida ham etnik va diniy ziddiyat kuchli. Sunniylar boshchiligidagi hamda G'arb qo'llab-quvvatlovini olgan "Ozod Suriya" armiyasi kurashga mahalliy kurdlarning qo'shilmaganidan norozi. Urush avvalida Suriya kurdlari Assad hukumati bilan bir-biriga hujum qilmaslik haqida o'zaro kelishuvga erishgan edi.

"Islomiy davlat: Terror armiyasi ichida" nomli kitob mualliflari Maykl Veys va Hasan Hasan fikriga ko'ra, mintaqa elatlari orasidagi adovat va ziddiyat Bashar al-Assad hukumati foydasiga ishlamoqda.

"Islomiy davlat" jangarilari ham dushmanlarini yo'q qilishda Assad rejimi qo'llagan uslublardan foydalanmoqda. Ular muxolif guruh va mazhablarga hujum qilib, etnik va diniy ziddiyatlarni avj oldirayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG