Breaking News

Jaloloboddagi to'polonlarda ikki kishi o'lgan


Qirg’iziston janubida Jalolobod shahridagi Xalqlar Do’stligi Universiteti oldida bugun ro’y bergan hodisalarda ikki kishi halok bo’lgan. Qariyb 50 odam jarohatlangan.

Muvaqqat hukumat aholini tinchlik va birdamlikka chorlar ekan, Jalolobod viloyati bo’ylab favqulodda holat e’lon qilinishi mumkin.

MInglab namoyishchilar mahalliy hokimiyat a'zolarining ishdan ketishini, o'zbek jamoasi yetakchilarini esa qamoqqa olishni talab qilmoqda.

Shuningdek, ular mahalliy axborot vositalarini ham qoralab chiqqan. Militsiya haloyiqni tarqatib yuborish uchun ko'zni yoshlantiruvchi modda qo'llagan.

Muvaqqat hukumat Jalolobodni tinchitish uchun har qanday chora ko'rishga tayyor ekanini bayon qilmoqda. Roza Otunbayeva, Qirg'izistonni vaqtincha boshqarayotgan arbob nazarida, janubdagi g'alayonlar ortida etnik nafrat yotibdi. "Qirg'iz va o'zbek aholi orasida hamjihatlikni yo'lga qo'yish uchun harakat qilamiz",- deydi u.

Tafsilotlarni yuqoridagi audiodan tinglang.

XS
SM
MD
LG