Breaking News

Nursulton Nazarboyev qayta saylandi


O’z xalqiga iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlik va’da qilgan Nursulton Nazarboyev muddatigan erta o’tkazilgan saylovda g’alaba qilishi kutilmoqda.

Ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, 74 yoshli Nazarboyev qariyb 98 foiz to’plagan. Markaziy saylov komissiyasi yakuniy raqamlarni dushanba kuni e’lon qiladi.

Xalqqa notanish yana ikki nomzod 1-2 foiz atrofida ovoz yig’gan.

“Aminmanki, Qozog’iston xalqi davomiy taraqqiyot va farovon hayot yo’lini tanlaydi. Qolaversa, davlatimiz barqarorligi, biz olib borayotgan siyosat, ertangi kun uchun ovoz beradi”, - dedi prezident Ostonada jurnalistlar qarata.

Qozog’iston qo’shni Rossiya va Xitoy bilan, shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan do’stona aloqada.

Nursulton Nazarboyevning chorak asrlik boshqaruvi davomida mamlakatga 200 milliard dollar sarmoya oqib kirgan. Neft ishlab chiqarish bo’yicha sobiq sovet davlatlari orasida ikkinchi o’rinda turadi.

Muxolifatning bildirishicha, erta saylov Nazarboyevning boshqaruvini uzaytirishga qaratilgan tomosha edi xolos.

Qozog’istonda o’tgan saylovlar G’arb tomonidan hali biror marta erkin va adolatli deb tan olingan emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG