Breaking News

Kiyevda Rossiya elchixonasi hujumga uchradi


Rossiya elchixonasi oldidagi manzara, Kiyev, Ukraina.
Rossiya elchixonasi oldidagi manzara, Kiyev, Ukraina.
14-iyun kuni Ukraina sharqida samolyot urib tushirilib, 49 zobit halok bo’ldi. Bundan norozi ukrainaliklar Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o’tkazdi.

Moskva bu yig’inni elchixonaga hujum sifatida baholadi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa ruslar piketdan provokatsion maqsadda foydalanishga urinayapti, deydi.
Rossiya elchixonasiga qarshi namoyish, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:13 0:00
Yuklab oling

15-iyun Ukraina marhum harbiylarni xotirladi. Mamlakatda motam. 49 harbiyni hayotdan olib ketgan voqea Rossiyaga qarshilikni yanada keskinlashtirdi. Kiyevliklar elchxona oldida to`polon ko'targan.

Avvaliga bir nech o`n kishi yig'ilib, Rossiyaga qarshi shiorlar ko`targani, aksiya ishtirokchilari kechga borib mingdan oshgani ma'lum.

Harbiy samolyot urilgani, jangarilar Ukrainada bemalol yurganidan g`azablangan olomon elchixonaga tuxum va bo`yoqlar uloqtirgan.

Keyinroq imorat oldidagi avtomobillar ag`darilgan, elchixona derazalari sindirilgan.

Namoyishchilardan birining aytishicha, harbiy samolyot Rossiyaga tegishli qurol yordamida urib tushirilgani xalqning sabr-kosasini to`ldirgan.

Norozi aholi Moskva bilan diplomatik aloqalarni uzish, chegaralarni yopish talabi bilan chiqqan. Aksiya ishtirokchilari bilan muzokara o’tkazish uchun kelgan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Deshitsa ham, Ichki Ishlar vazirligi vakili ham namoyishni tinchita olmadi.
Rossiya elchixonasi oldidagi avtomobillar namoyishchilar hujumiga uchradi.
Rossiya elchixonasi oldidagi avtomobillar namoyishchilar hujumiga uchradi.


Elchxonaga qarshi Kiyevda o`tgan bu norozilik xalqaro miqyosda ham aks-sado bera boshladi. Rossiya esa voqeani diplomatik missiyaga hujum sifatida baholadi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Rossiya piketdan provokatsion maqsadda foydalanishga urinmoqda.

AQSh hukumati ham, Yevropa Ittifoqi ham piketchilarning elchxonaga hujumini oqlab bo`lmasligini ma’lum qilgan.

Ukrainada mavjud fikr shuki, sharqda e`lon qilinmagan urush ketyapti. Qurbonlar soni tobora ortib borayotgan bu urush ortida esa Rossiya turgani aytiladi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG