Breaking News
Din

Iroq Kurdistoni barcha dinlarga bag'rini ochgan


Iroq shimolidagi Kurdiston muxtor viloyatida besh milliondan ortiq aholi yashaydi
Iroq shimolidagi Kurdiston muxtor viloyatida besh milliondan ortiq aholi yashaydi
Iroqda diniy va etnik ozchilikdagi guruhlar uzoq yillar tahdid va tazyiq ostida yashagan. Kurdiston muxtor viloyatida so’nggi paytlarda bu borada ahvol birmuncha yaxshilangan. Kamsonli diniy jamoalar haq-huquqlari hozir to’la himoyada ekani aytiladi.

Kurdlar, din va erkinlik/Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00
Yuklab oling

Iroq shimolidagi Kurdiston tog’larida yazidiylar yashaydi. Ularning Lalesh ibodatxonasi shu yerda joylashgan. Har oqshom bu maskan va atrofdagi tosh-qoyalar ruhoniylar yoqqan yuzlab shamlar nuridan tovlanadi. Har bir yazidiy umrida kamida bir marotaba bu yerni ziyorat qilishi kerak.

Musulmon va nasorolar tomonidan “Iblisga sig’inuvchlar” deya tamg’alangan yarim million yazidiy Iroqda 2003-yil Saddam Husayn tuzumi qulagungacha uzoq yillar tazyiq va ta’qiblar ostida yashagan.

Kurdiston avtonom viloyati tashkil etilgach, yazidiylarning muqaddas ibodatxonasiga yana ziyoratchilar kela boshladi. Hozirda bu e’tiqod egalari hatto hukumatda o’z vaziriga ega.

Luqmon Sulaymon - yazidiy o’qituvchilardan biri.

“Ilgari ibodat qilish, hatto bu yerga ziyorat uchun kelish huquqiga ham ega emas edik. Hozir erkinmiz. Kurdiston hukumati nafaqat bizga, balki barchaga birdek yaxshi munosabatda. Hozir rang-barang, ozod va mag’rur Kurdiston uzra quyosh porlamoqda”, - deydi u.

Yazidiylar kabi, nasorolar ham Iroqda turli tazyiqlarga duchor bo’lgan.
Kurdiston poytaxti yaqinidagi suryoniylar cherkovi yetakchisi Asha Dovud so’zlariga ko’ra, hozir ular ham emin-erkin ibodat qilmoqda.

“Atrofimizdagi odamlar cherkov va boshqa muqaddas dargohlarimizga to’la hurmat qilan qarashadi. Bu shahar xalqi ibodatxonalarimizni himoya qilishga shay”, - deydi taqvodor.

Iroq janubidagi Bag’dod va Basra kabi shaharlarda o’nlab ming nasoro istiqomat qiladi. Ixtiloflar davrida ularning aksariyati xorijga, xususan, Kurdistonga qochgan.

Ruhoniy Ashaning aytishicha, suryoniylar - mustaqil Kurdiston davlati tarafdori.

“Agar sharoit hozirgidek bo’lsa, vaziyat o’zgarmasa, biz kurdlarni bu masalada qo’llab-quvvatlaymiz”, - deydi u.

Ko’plab nasroniylar Erbil tashqarisidagi Ainkava shahriga joylashgan. Bu yerda muhit butunlay boshqacha. Choyxonalar o’rnini barlar egallagan.

2005-yili Bag’dodda aroq do’koni portlatilgach, Ragat Xana Yusuf bu yerga kelib yangi do’kon ochishga qaror qildi.

“Kurdiston Iroqning boshqa qismlaridan farq qiladi. Chunki bu yerda hammaga erkinlik berilgan. Demokratiya yaxshiroq, eng muhimi, xavfsizlik ta’minlangan”, - deydi Ragat.

Kasbi sartarosh bo’lgan Muhammad ismli yana bir kurdning aytishicha, Kurdiston aholisi Suriyadagi kurdlar bilan birlashishi lozim.

“Bir xil odamlarning ikkita uyda alohida emas, balki bir tom ostida yashagani yaxshi”, - deydi u.

Kurdiston vioyati hukumati turli dinga mansub odamlarga birdek munosabatda bo’lishini aytadi. Kuzatuvchilar fikricha, o’lkada demokratiya to’la shakllanishida diniy bag’rikenglik muhim o’rin tutadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG