Breaking News

Qirg’iziston Rossiyaga meva-sabzavot eksportini oshirishga shay


Qirg’iziston Rossiyaga meva-sabzavot eksportini oshirishga shay/Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:56 0:00

G'arb Rossiyani Ukraina sharqidagi isyonchilarga yordam berayotganlikda ayblab, uni iqtisodiy sanksiyalar bilan jazolagan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Rossiya bundan zarar ko'rmoqda, biroq u bilan savdo qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va, xususan, Qirg'iziston ham sanksiyalar asorati bilan yuzlashmoqda.

Ammo bu mintaqada qishloq xo'jaligini tiklash uchun yaxshi bir imkoniyat ekani ham ta'kidlanadi.

Joriy yil Qirg’iziston qishloq xo’jaligida keskin yuksalish kuzatilyapti. Hosildorlikning oshishi, narx-navo ko’tarilishi xonadonlarga farovonlik keltirmoqda.

Aravonlik Azamatjon Vohidov asli kimyo va biologiya o’qituvchisi. Oliygohda olgan bilimlari dehqonchilikda asqatayapti. Muallimning dehqon xo’jaligi dehqonchilik, bog’dorchilik hamda chorvachilik bo’yicha ixtisoslashgan.

“Qovun-tarvuz, gilos, nok, o’rik, anor, xurmo - barchasi yaxshi hosil berdi. Narx-navo ham ko’ngildagidek bo’ldi, oqibatda daromad chakki emas. 10 o’g’il-nevaram, yetti qiz nevaram bor, to’ylar qilib, uylar solish niyatidamiz”, - deydi fermer.

Otaxon fikricha, Qirg’izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi mahalliy fermerlar uchun ulkan Rossiya bozorini keng ochib beradi.

Qirg’iz hukumatining O’sh viloyatidagi muxtor vakilining qishloq xo’jaligi bo’yicha muovini Ahmadjon Mahamadov agrar sektoridagi hozirgi yuksalishni 20 yil muqaddam boshlangan islohotlar samarasi, deb hisoblaydi.

“O’z yeriga ega bo’lgan dehqon unga ishlov berishni, mo’l hosil olishni, mahsulotni saqlashni o’rgandi. Avvallari to’g’ri kelgan urug’ni yerga qadayvergan bo’lsa, endi sarasini ekmoqda. Xorijdan yangi qishloq xo’jalik texnikasi olib kelinyapti, hukumat dehqonlarga kredit bermoqda”, - deydi mulozim.

Suhbatdoshning aytishicha, qishloqdagi islohotlarning galdagi bosqichi kichik dehqon xo’jaliklarini – assotsiasiyalar sifatidami, kooperativ shaklidami – birlashtirish, ularning ishlab chiqarishda, mahsulotni sotishda hamjihat faoliyat olib borishini ta’minlashni ko’zda tutadi.

“Mayda xo’jaliklar bilan sohada baribir jiddiy rivojlanish bo’lmaydi. Birgina misol, G’arb sanksiyalari ortidan qator rus kompaniyalari meva-cheva, poliz mahsulotlarini bizdan olishni ixtiyor qilmoqda. Tabiiyki, gap yirik hajmlar haqida bormoqda. Hamkorlik birlashmalar orqali, savdo-sotiq zamonaviy elektron usullar bilan olib borilishi kerak bo’ladi. Bu o’rinda fermerlar orasida tushuntirish ishlari olib borayapmiz”, - deydi respublika hukumatining vakili.

Joylarga yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlashni yo’lga qo’yish ham muhim, deydi mutaxassislar. Bu o’rinda Qirg’iziston tadbirkorlari, jumladan, qo’shni Xitoyning uncha qimmat bo’lmagan uskunalari hamda texnologiyalariga umid bog’lamoqda.

XS
SM
MD
LG