Breaking News

Rossiya-Ukraina ziddiyati: Qirg'izistonda yangrayotgan fikrlar


Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosati xalqaro jamoatchilik tomonidan ko’p tanqidga uchradi. Mutaxassislar fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari ham bir kun kelib ayni vaziyat bilan yuzlashishi mumkin.

Rossiya-Ukraina mojarosi, Qirg'izistondan munosabat/Muhiddin Zarif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:33 0:00
Yuklab oling

O’shlik faylasuf va iqtisodchi olim Bolush Saiyev deydiki:

“Rossiya imperialistik, bosqinchilik xuruji qilgani yo’q. U yuzaga kelgan sharoit, geopolitik vaziyatdan hamda Qrim ahlining referendumda izhor qilingan irodasidan foydalandi va yarimorolni Rossiya tasarrufiga qaytarib oldi”.

Suhbatdosh nazarida, umuman olganda Ukrainadagi voqealarni G'arb manfaatlari doirasining Sharq tomon siljishi bilan izohlash joiz.

“Fuqarolar urushi, o’zaro qon to’kishlar, shuningdek, jamiyatning ma’naviy, ruhiy, axloqiy inqirozidan dalolat beradi”, - deydi olim.

“Moskvaning roliga kelsak, G'arb bilan Sharq o’rtasida katta geopolitik shaxmat o’yini ketmoqda. Qrim olingan, endi janubi-sharqiy Ukraina mustaqillikka erishsa, Rossiya bilan ittifoqdosh bo’ladi. Boj ittifoqining salohiyati ham oshadi degan fikr yo’q emas”.

Tahlilchi va qalamkash Ahmadjon Mahamadjonov fikricha esa Qrim masalasida tarixiy adolat tiklandi degan gaplarda jon bor, ammo referendum bilan masalani uzil-kesil hal etib bo’lmas edi.

“Muzokaralar ham lozim edi. Yangi ukrain hukumati esa Qrim masalasida Moskvani muloqotga chorlash o’rniga G’arb nima deyishini kutib turganday, ular nima desalar o’sha bo’ladi deb turganday tuyuldi”, - deydi suhbatdosh.

Uning nazarida, janubi-sharqiy Ukraina fojiasi - Qrim referendumining yakuniy ta’siri, natijasi deyish mumkin. Bu hududda ham aholining asosiy qismi rusiyzabon bo’lib, Rossiya tomon intilishi sir emas.

“Eng yomoni - fojiali voqealar ikki qardosh davlat o’rtasida chuqur jarlik paydo qildi”, - deydi Mahamadjonov.

Yosh muallim Bahodirjon Tairov deydiki, Qrim masalasida G’arbning fikri Putinni uncha qiziqtirmaydi, u o’zicha mustaqil siyosatchi. Kim haq, kim nohaqligini vaqt, tarix ko’rsatadi, deydi u.

Moskva-Bishkek munosabatlariga kelsak, faylasuf va iqtisodchi olim Bolush Saiyev nazarida, hech bir davlat Qirg’izistonga Rossiya berib kelgan, berayotgan yoda va’da qilayotgan imkon hamda imtiyozlarni bera olmaydi. Na Xitoy, na Yevropa, na Amerika yuz minglab mehnat muhojirlarini qabul qilmaydi. Iqtisod ravnaqi hamda mamlakat xavfsizlini ta’minlash uchun ulkan sarmoyalar bermaydi, yirik qarzlardan kechib yubormaydi.

“Ko’zda tutilayotgan iqtisodiy integratsiya esa qolgan to’siqlarni olib tashlaydi”, - deydi Saiyev.

Ahmadjon Mahamadjonov ham manfaatlarga urg'u beradi.

“Rossiya energetika, moliya, mudofaa va boshqa sohalarda kiritayotgan sarmoyalar Qirg’iziston uchun hayot-mamot... Rossiya uchun esa bu bilan mintaqada o’z mavqeini mustahkamlamoqda”.

XS
SM
MD
LG