Breaking News

Qirg'izistonlik shifokor silga qarshi dorivorlardan davo izlamoqda


Yangi yilni qarshi olar ekanmiz, har birimiz o’tgan yilni sarhisob qilamiz, kelajakka orzu-umidlar bog’laymiz. Yakun topayotgan 12 oy qanday voqea-jarayonlar bilan qirg’izistonliklar yodidan joy oldi? Xo’roz yilidan xalq nimalar kutayapti?

Qirg'iziston: o'tgan yil xotirasi va yangi yildan umidlar (3-qism)
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:46 0:00

“Amerika Ovozi”mahalliy aholi vakillari, turli soha arboblari bilan suhbatda bo’ldi.

64 yoshli G’afurjon Rahmonqulov Jalol-Obod viloyatining so’lim Arslonbob qishloq okrugida istiqomat qiladi. Kasbi shifokor. Ko’p yillardan buyon mahalliy tog’ o’rmonlarida o’sayotgan dorivor o’simliklarni o’rganish, to’plash va tibbiyotda qo’llash bilan mashg’ul.

“Xalqaro hayotda 2016-yilning kutilmagan va eng ta’sirli voqealaridan biri Donald Trampning g’alabasi bo’ldi. U dunyoda tinchlikni saqlashni va’da qilayapti. Agar Amerikaning yangi prezidenti aytganini qilsa va AQSh hech qayerda g’alva-janjal boshlamasa, albatta, dunyoda tinchlik hukm suradi, deb o’ylayman”, - deydi shifokor.

U insoniyatni ekologik jihatdan toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni davrning ustuvor masalasi, deb hisoblaydi. Uningcha, yaqin kelajakda ushbu vazifa barcha davlatlarning diqqat markazida bo’lishi lozim. Bu o’rinda Germaniya o’lga surayotgan tashabbusni qo’llab-quvvatlaydi.

G’afurjon Rahmonqulov mahalliy dorixonalardagi holatdan xavotirda. Aytaylik, hozirda Qirg’izistonda xususiy aptekalar o’ta ko’paygan bo’lib, oson daromad manbasiga aylangan. Ko’p hollarda dori-darmon sifati kafolatlanmagan bo’lib, istalgan narxda, xohlagan odamga sotilaveradi.

“Umuman, butun dunyoda yuqori sintezli kumyoviy preparatlarni sotish va qo’llashni qat’iy nazorat ostiga olish lozim”, - deydi doktor Rahmonqulov.

Uningcha, ushbu tezkor zamonda xalq tabobati, shifobaxsh o’simliklar bilan davolash usullari e’tibordan chetda qolayotgani afsusli hol.

G’afurjon Rahmonqulov qator kasalliklar, jumladan, sildan davo topishda dorivor o’simliklardan keng foydalanishni tavsiya qiladi.

Shifokor yangi yil mobaynida silga qarshi kasalxonada bir palata olib, o’z tajribasini ishlatishni maqsad qilmoqda.

XS
SM
MD
LG