Breaking News

Obama Oq uyda Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi


Oq uy, 22-oktabr, 2015
Oq uy, 22-oktabr, 2015

AQSh Prezidenti Barak Obama bugun Oq uyda Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifni qabul qildi. Ikki rahbar xavfsizlik masalalari, Afg'onistondagi vaziyat, Pokiston yadro salohiyati, bu davlat razvedkasining Tolibon bilan munosabatlari xususida gaplashgan.

"AQSh va Pokiston munosabatlari mustahkam va uzoq tarixga ega, ko'p masalalarda hamkorlik qilamiz. Aloqalar yanada chuqurlashadi degan umiddaman", - dedi Obama.

Afg'oniston hukumati qo'shni mamlakatni jangarilarga madad berayotganlikda ayblab keladi. Obama Sharif bilan muloqot chog'ida Tolibon va Afg'oniston hukumati o'rtasida to'xtab qolgan tinchlik muzokaralarini jonlantirishda yordam berishga chaqirishi kutilgan edi.

O'tgan hafta Obama Afg'onistondagi 5500 sonli amerikalik askarlarni 2016-yildan keyin ham qoldirish qarorini e'lon qildi. Bungacha Oq uy ma'muriyati qo'shinlarni joriy yil oxirigacha mamlakatdan chiqarishni ko'zlagan edi.

Obama, shuningdek, Sharifdan Pokiston yadro qurollarini qisqartirishni ham so'rashi kutilmoqda. Yaqinda chop etilgan yangi izlanish natijasiga ko'ra, Islomobod kelasi 10 yilda yadro kallaklari sonini 130 tadan 250 tagacha yetkazmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG