Breaking News

Osama bin Laden Pokistonda o'ldirilgan, jasad dengizga tashlangan


Osama bin Laden al-Qoida terror va ekstremistik guruhining rahnamosi edi. Ko'p jihatdan AQSh tashqi siyosatida markaziy o'rinda turgan shaxs edi. U boshchilik qilgan xurujlar tufayli Amerika Afg'oniston va Iroqda urush ochgan va terrorga qashi harakatlar
Osama bin Laden al-Qoida terror va ekstremistik guruhining rahnamosi edi. Ko'p jihatdan AQSh tashqi siyosatida markaziy o'rinda turgan shaxs edi. U boshchilik qilgan xurujlar tufayli Amerika Afg'oniston va Iroqda urush ochgan va terrorga qashi harakatlar

Oq Uyning bayon qilishicha, al-Qoida terror va ekstremist guruhi yetakchisi Osama bin Laden Pokistonning Xaybar Paxtunxava viloyatining Abbotobod shahri yaqinida AQSh agentlari tomonidan o'ldirilgan.

"Bu kecha sizga shuni e'lon qilamanki, AQSh olib borgan maxsus operatsiya natijasida Osama bin Laden o'ldirildi. U minglab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan shaxs va mislsiz jinoyatlar boshida turgan",- deydi prezident Barak Obama, Oq Uydan turib xalqqa murojaat qilar ekan.

54 yoshga kirgan Osama bin Laden dunyoning yetakchi terroristi edi. Topib qo'lga olinishi yoki yo'q qilinishi shart degan ro'yxatda birinchi o'rinda turgan odam. Aslida Saudiya Arabistoni fuqarosi bo'lgan, ammo qirollik undan yuz o'girib, dushman deb chiqqan.

Osama bin Laden yaqin tarixda g'arbu-sharqda uyushtirilgan yirik xurujlar ortida turganlikda ayblangan. 10 yildirki, qidiruvda edi. Uning bir necha o'rinbosarlari o'ldirilgan, yana bir nechasi qo'lga tushgan.

AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi 2010 yilning avgustida Osama bin Ladenning qayerda ekani haqida xabar topgan va operatsya rejalana boshlagan. Prezident Obama o'ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni buyurgan.

1 may kuni Osama bin Laden turgan joy nishonga olingan, bir necha daqiqalik otishmada terror yetakchisi ko'zidan o'q yeb o'lgan va jasadi olib chiqilgan.

AQSh hukumati uni islomiy qoidalarga binoan 24 ichida dafn etishni ma'qul topgan.

"Jasad 2 may kuni ertalab dengiz tubiga maxsus kuchlar tomonidan qo'yildi",- deya tasdiqlaydi Jon Brennan, prezident Obamaning terrorga qarshi masalalar bo'yicha maslahatchisi.

Barak Obama
Barak Obama

Amerika Osama bin Ladenni eng ashaddiy dushman sifatida tilga olib kelgan.

2001 yilning 11 sentabrida sodir etilgan terror hujumlari al-Qoida ishi ekani ayon bo'lgach, Osama bin Laden va uning iznidagi jangari kuchlar, jumladan Tolibonga qarshi urush e'lon qilingan va shundan beri Afg'onistonda xalqaro koalitsiya ekstremizmga qarshi kurashib kelmoqda.

Osama bin Ladenning o'limi bilan terror harakatlari to'xtab qolmaydi va al-Qoidaning turli bo'limlari faoliyatini davom ettirishi turgan gap, deydi rasmiylar. Bu qanotlarning o'zi rahbarlari va sodiq jangchilari bor.

Shunisi aniqki, tizim o'z asoschisidan ayrildi.

Osama bin Laden al-Qoidaning rahnamosi edi. U ko'p jihatdan AQSh tashqi siyosatida markaziy o'rinda turgan shaxs edi.

Osama Bin Laden o'tgan 10 yilda AQSh tashqi siyosati markazida turgan shaxs edi
Osama Bin Laden o'tgan 10 yilda AQSh tashqi siyosati markazida turgan shaxs edi

Osama bin Laden boshida turgan xurujlar tufayli Amerika nafaqat Afg'onistonda balki Iroqda ham urush ochgan. Ikki urushda yuzlab ming insonning yostig'i quridi.

Siyosatdonlar Osama bin Ladenning o'limi katta yangilik deydi, ammo terrorizm va unga qarshi harakatlar barham topmaydi.

Prezident Obamaning aytishicha, Osama bin Ladenning o'ldirilishida Pokistonning yordami katta bo'lgan. Bu davlat operatsiyada hamkorlik qilgan va al-Qoida uning ham dushmani ekanini aytib keladi.

Bugungi chiqishida, prezident Obama Amerika razvedka xizmatiga minnatdorchilik bildirib, ularni asl qahramonlar deb atadi.

Ayrim tahlilchilar fikricha Osama bin Ladenning o'lganiga dunyo ahlini ishontirish oson bo'lmaydi. Jasadni odamlarga ko'rsatish va uning haqiqatdan ham Osama bin Ladenniki ekanini isbotlash kerak bo'ladi.

Vashingtonda Oq Uy oldida yuzlab amerikaliklar to'planib, yangilikni olqishlamoqda. 11 sentabrda yaqinlaridan ayrilganlar nazarida bugun o'sha mash'um kun bevaqt olamdan otgan insonlar uchun qasos olingan kun.

Sobiq prezident Jorj Bush deydiki, adolat qaror topishi tayin edi. U Barak Obamani operatsiya yutug'i bilan qutlab, terrorga qarshi amaliyotlarni davom ettirishga undamoqda.

Al-Qoida o'zini G'arb, xususan Amerika dushmani deb e'lon qilgan paytda, ya'ni 1990-yillarda prezidentlik qilgan Bill Klinton ham Obamani tabriklab, Osama bin Ladenning o'ldirilishini terrorizmga qarshi yirik g'alaba deya ta'riflamoqda.

Uning rafiqasi, hozirda Davlat kotibasi Xillari Klinton "bu tariximizda unutilmas kun" deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG