Breaking News

Jenevada Suriya bo'yicha muzokaralar


Jenevadagi BMT ofisi tashqarisida Suriyada urushni to'xtatishga chaqiruvchi namoyish bo'lib o'tdi
Jenevadagi BMT ofisi tashqarisida Suriyada urushni to'xtatishga chaqiruvchi namoyish bo'lib o'tdi

Kecha Suriya muxolifati Jenevadagi tinchlik muloqotida qatnashmasligini bildirgan edi. Ammo bugun 30-35 kishidan iborat delegatsiyasini Jenevaga jo'natishga rozi bo'lgan.

Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan Oliy muzokaralar kengashining kecha ma'lum qilishicha, ularning havo hujumlarini to'xtatish va Suriya qamalini bekor qilish haqidagi talablari bajarilmagan.

Kengash ayni paytda Riyodda muzokara olib bormoqda. Kengash a'zolari juma kuni ham shu yerda bo'lishini aytib, bu bilan tinchlik muloqotida ishtirok etish uchun Shveysariyaga bormasliklarini bildirgan edi.

Oltinchi yilga kirayotgan Suriya urushiga xotima yasash yo'lida olib borilayotgan xalqaro muzokaralar shu paytgacha biror natija bergani yo'q. Mojaroda chorak million odam jon bergan, 4,5 milliondan ortiq odam o'z uyini tashlab qochgan.

Suriya muxolifati muloqotga kelishdan bosh tortishiga qaramay, BMT anjumanni qoldirmaslikka qaror qildi. Xalqaro tashkilotning Suriya bo'yicha mas'ul rasmiysi Staffan de Mistura Jeneva muloqotining muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini bildirdi. Yig'inda Suriya hukumati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Tashkilotchilarning aytishicha, Jenevada o'tadigan uchrashuvda tinchlik shartlari kelishilmaydi, balki muzokara boshlash imkoniyatlari o'rganilib, tinchlikka erishish yo'lida dastlabki qadam tashlanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG