Breaking News

Tojikistonda amnistiya faqat puldor, sobiq mansabdorga taalluqlimi?


Tojikistonda amnistiya faqat puldor, sobiq mansabdorlarga taalluqlimi? Ravshan Shams lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00
Yuklab oling

Tojikistonda Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan yaqinda e’lon qilingan amnistiyaga ko’ra 10 mingdan ortiq sudlanganlar ozod etilishi, ayrimlarining hukm muddatlari kamaytirilishi, ba’zi mahkama jarayonlari to’xtatilishi mumkin.

Taniqli huquqshunos Fayziniso Voxidova umumiy avf haqidagi qonunga tanqidiy qaraydi. Uning fikricha, amnistiya aktida sotsial adolat yo'q.

“Qonun qabulidan bir oy oldinoq hamma joyda bu qonun 10 mingdan ortig fuqaroga tadbiq etiladi degan gap tarqaldi. Bu bo’lmagan gap”, - deydi tojik huquqshunosi.

“Ammo ishoning, ro’yxatdagi 10 ming kishining ehtimol yetti mingi ozodlikda yuribdi. “Zolotoy amnistiya” deganlari bekor gap, shunchaki, ko’zbo’yamachilik qilishmoqda. Axir, shartli sudlanganlar, huquq-tartibot tizimida ishlaganlar ko’proq avfga tushmoqda, sharoiti og’irligidan jinoyatga qo’l urgan, 2-3 gramm nasha modda bilan qamalganlarga bu avf tadbiq etilmaydi. Hatto, shu avf qonuni ham adolatsiz qabul qilindi. Oddiy odamlarning pulini shilishga yo’l ochishyapti, qonunda cheklovlar juda ko’p, fuqarolarning teng huquqliligi ta’minlanmagan”, - deydi u.

Besh yildan beri advokatlik qilib kelayotgan Mahkam Abdulloyevning aytishicha, respublika jinoyat kodeksining 200-moddasi bilan ayblanganlar, ya’ni nashaga qo'l urganlarga avf qo’llanmaydi.

“Bangi moddalari bilan shug’ullanganlar avfga tushmasligi bilan bu amnistiya oldingilaridan ancha farq qiladi. Men bunga hayronman. Nega desangiz, bu ayb bilan qamalganlar juda ko’p, ularning aksari ro’zg’ori nochor odamlar. Uzoq yillar qamoqda o’tirib, hukmi oldin kamaytirilganlarga ham avf yo’q, puldor, sobiq mansabdorlarga esa mumkin. Tepada turganlar nimaga asoslanib bunaqa qonun ishlab chiqqanlar, buni tushunmadim”, - deydi u.

Huquqshunos Voxidovaning aytishicha, amnistiyaning bu shakli sobiq mansabdorlarga, poraxo’rlarga yengillik beradi.

"Poraxo’rlikda ayblangan jinoyatkor mansabdorga imtiyoz bor, jinoyat sodir etgan sud, prokuratura, adliya, huquq-tartibot idoralari xizmatchilarining o’talmagan qamoq muhlatlari amnistiyaga ko’ra kamaytiriladi. Buni parlament emas, prokuratura xodimlari ishlab chiqmoqda. Bunaqa amnistiya qonuni respublika prezidentini, davlatni ham sharmanda qiladi”, - deydi Voxidova.

Umumiy avfga tanqidiy nazar bilan qaralayotgan bo’lsa-da, ko’pchilik prezidentning mehr-shafqatiga hamdu-sano aytadi.

XS
SM
MD
LG