Breaking News

Gollivudda jinsiy tajovuzga qarshi kurash avjida


Gollivudda 300 dan ortiq ayol yulduz jinsiy tajovuzga qarshi bosh ko’targan. Ular orasida Meril Strip, Jenifer Lorensdan tortib Emma Tompson va Keyt Blanchetgacha bor.

“Toqatimiz-toq” deya nomlangan targ'ibot 2017-yilda kino ustasi Xarvi Vaynshteyn mojarosi sabab avj olgan. Hozirda mamlakat bo'ylab o'nlab sud ishlari ham shu bois boshlangan.

Amerika matbuoti orqali Gollivud ayollari e’lon qilgan ochiq xatda yangi tashabbus mashhurlikka dahli bo’lmagan qishloq xo’jaligi va shunga o’xshash ko’zga tashlanmaydigan sohalardagi himoyasiz ayollarni ham qo’llab-quvvatlashga e’tibor qaratmoqda.

“Qishloq xo’jaligidagi ayollar, xizmatkorlar, oddiy ishchilar, ofitsiant xotin-qizlarning har biri kunda mijozlar, mehmonlar yoki xo’jayinlarining hirs nazaridan aziyat chekib ilojsiz yurgan opa-singillar... Biz sizning ham haq-huquqingiz, himoyangiz uchun kurashamiz Matbuotning mashhurlarga qaratayotgan e’tiborini ko’z ilg’amas sohalardagi ayollar dardini ham birday yoritishiga undaymiz”, - deyiladi maktubda.

Ford avtokompaniyasida 1990-yillarda ayollarga tajovuz qilish ildiz otgani Amerika matbuotida sharmandalarcha oshkor bo’lgandan so’ng korporatsiya ishchilaridan uzr so’rab, sog’lom muhit yaratishga va'da bergan edi.

“Toqatimiz-toq” kampaniyasi 15 million dollarlik jamg'arma tashkil etishni maqsad qilgan. 12 kun ichida 13,4 million dollar to’plandi. Mablag' jabrlanuvchilar va yangi tashabbuslar uchun sarflanadi.

Ochiq xat kengroq ommani jalb qilish maqsadida ispan tilida ham chop etildi. Unga 300 ayol o’z ismi bilan imzo chekdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG