Breaking News

Jurnalistlar Donald Trampga nisbatan bosimni oshirmoqda


Qator yetakchi axborot vositalari Amerikaning yangi saylangan rahbarini oshkora ish tutib, informatsiya oqimini cheklashga urinmaslikka chaqirmoqda. Gap respublikachi Donald Trampning jurnalistlardan yashirincha faoliyat olib borishga harakat qilishi mumkinligida, deydi muxbirlar. Trampga nisbatan ishonch past. 18 tashkilot Trampga ochiq xat yozgan.

“Matbuotning roli mamlakatning har bir kuni uchun nihoyatda muhim. Chunki fuqaro u orqali prezident nima qilayotganidan xabardor bo'lib turadi", - deyiladi maktubda.

Deyarli ikki yil davom etgan saylov kampaniyasi davomida omma jurnalistlarni Trampni yaqindan va xolis yoritmayotganlikda, Trampning o'zi esa matbuotni unga nisbatan noxolis materiallarda ayblab keldi.

Yangi prezident axborot vositalari bilan muvozanatli muomalada bo'lmasligi kutilmoqda. Sabab oddiy, deydi jurnalistlar, Tramp azaldan ularga dushman sifatida qaraydi va bu soha obyektiv ishlashi mumkinligiga ishonmaydi.

Taniqli mutaxassis Stiv Koll nazarida bunday hollar oldin ham kuzatilgan. Gollivuddan chiqqan Ronald Reygan (1981-89) ham matbuotga faqat shubha bilan qaragan. Matbuotga iloji boricha kam ma'lumot berishni odat qilgan.

Prezident Barak Obama uchun axborotni vaqtida ommaga yetkazish birlamchi masala va uning davrida Oq uy bevosita internet manbaga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol.

Tramp "Twitter" tarmog'ida 15 milliondan oshiq muxlisga ega. Trampning yaqin maslahatchilaridan biri Stiven Bannon bo'lib, u "Breitbart News" veb axborot agentligini boshqargan shaxslardan biri. O'ta konservativ yondashuvi va noxolisligi bilan tanilgan bu tashkilotdan Oq uyga odamlar tanlanayotgani ommani, xususan jurnalistlarni xavotirga solmoqda.

Stiven Bannon (o'rtada) Oq uyda Prezident Donald Trampning eng yaqin maslakdoshlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.
Stiven Bannon (o'rtada) Oq uyda Prezident Donald Trampning eng yaqin maslakdoshlaridan biri bo'lishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG