Breaking News

Putin referendumni kechiktirishga chaqirdi


Kreml rahbari Ukraina sharqidagi Rossiyaga xayrixoh kuchlarni yakshanba kungi referendumni qoldirishga undamoqda.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina g’arbidagi Rossiyaga xayrixoh kuchlarni yakshanba kungi referendumni qoldirishga chaqirdi.

Putin Kiyev bilan dialog o’tkazish uchun zarur sharoit yaratayotganini ta’kidlamoqda. Rossiya rahbari nazarida tanazzulda Ukraina vaqtli hukumati aybdor. Rasmiy Kiyev qurolli radikal guruhlarni va millatchi bo’linmalarni jilovlay olmaydi, deydi u.

Putinning aytishicha, mojaro imkon qadar tez barham topadi va bunda Ukrainadagi yashayotgan barcha fuqarolar manfaatlari himoya qilinadi.

Bu orada, Ukraina matbuotidagi xabarlarga ko’ra, sharqdagi Mariupol shahrida armiya Rossiya tarafini olayotgan guruhlarni hukumat binolaridan haydab chiqargan.

Shaharda tuni bilan olishuvlar bo’lgani, ertalabga yaqin isyonchilar chekingani aytiladi.

Ukraina sharqidagi o’ndan ziyon shahar oxirgi haftalarda Rossiyaga moyil ayirmachilar qo’liga o’tgan edi. Armiya ularga qarshi aksil-terror amaliyot o’tkazayotgani xabar qilinadi. Isyonchilar nazoratidagi shaharlarda shu hafta oxirida referendum o’tishi, Ukrainadan ajralib, Rossiyaga qo’shilish masalasi ovozga qo’yilishi kutilmoqda.

Qrimda mart oyidagi shu kabi referendum oqibatida yarimorol Rossiyaga kiritilgan edi.

Ukraina Markaziy banki esa bugun Xalqaro valyuta jamg’armasidan 3 milliard dollardan oshiq yordam olganini ma’lum qildi. Xalqaro fon mamlakatning xarob iqtisodiyotini tiklash uchun 17 milliard dollar qarz ajratgan.

Ukraina 25-mayda prezident saylovlari o’tadi. Sobiq rahbar Viktor Yanukovich fevralda Kiyevdagi g’alayonlar ketidan davlatni tark etgan.
Ukraina inqirozi va jahon iqtisodiyoti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG