Breaking News

AQSh qo'shinlari Afg'onistondan butunlay ketadimi?


AQsh Afg'onistonda harbiy qoldirmasligi mumkin/US Afghanistan Pullout
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00

AQsh Afg'onistonda harbiy qoldirmasligi mumkin/US Afghanistan Pullout

Qo’shma Shtatlar 2014-yildan keyin Afg’onistonda qancha askar qoldirish borasida hali aniq qarorga kelmagan. Obama ma’muriyati umuman askar qoldirmaslik masalasini ko’rib chiqayapti. “Nyu-York Tayms” gazetasi bu borada xabar tarqatdi.

Amerika askarlari Afg'onistondan butunlay ketadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00
Yuklab oling

AQSh qo’shinlarini olib chiqishni tezlatish va birorta askar qoldirmaslik ehtimoli avval ham muhokama qilingan edi. Prezident Barak Obama fikricha afg’on rahbari Hamid Karzay tinchlik uchun bor kuchini ishga solmayapti, islohotlarni amalga oshirmayapti.

Karzay ma’muriyati Amerika havo hujumlari va tungi reydlarini cheklab qo’ygani ham koalitsiyaga pand berayapti. O’z navbatida, prezident Karzay kelgusida AQShdan Afg’onistonni qo’shni Pokistondan mudofaa qilishni talab etmoqda. Xavfsizlik bo’yicha kelishuvga shu kirsin, deydi u.

Byudjet kamomadigan qiynalayotgan AQSh esa urushning og’irini ortiq yelkasida ko’tarmoqchi emas.

“Amerika qo’shinlarini safarbar etish katta xarajat talab qiladi. Byudjet tanazzuli ko’ndalang turgan bir paytda strategik sherik gapga ko’nishdan bosh tortishi AQShning asabiga tegayotgani aniq”, - deydi tahlilchi Antoni Kordesman.

Ammo Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi Kobuldan umidini uzmagan.

“Muammolarni hal qilishga urinayapmiz. Afg’oniston bilan murosaga erishish uchun hali vaqtimiz bor. 2013-yilning iyulidamiz. Qo’shinlar esa 2014-yilning dekabrigacha chiqib ketishi kerak. Bu payt ichida qandaydir ziddiyatlar, tortishuvlar yuzaga chiqishi muqarrar. Bu – muzokaraning bir qismi”, - deydi Jorj Litl, Pentagon matbuot kotibi.

Amerika qo’mondonlari koalitsiyaning Afg’onistonda erishgan yutuqlaridan ko’ngli to’q ekanini ta’kidlaydi. Mahalliy kuchlar mamlakatni himoya qilishni eplaydi, deydi ular.

Biroq, deya ogohlantiradi mutaxassislar, erishilgan marralar qo’ldan boy berilishi mumkin. Shu bois maslahat - xalqaro hamjamiyat 16 ming askarni qoldirishi, ular afg’onlar malakasini oshirib, mashqdan o’tkazishi kerak.

Afg’on armiyasi hamon shakllanmoqda. Havo kuchlari oyoqqa turishi uchun kamida bir necha yil kerak bo’ladi.

Kordesman chet el askarlarini muddatidan oldin olib chiqishga qarshi.

“Trenerlar, moliya va boshqa qo’llab-quvvatlov bo’lmasa, tizim qulaydimi? Albatta. Qulashi aniq. 2014-yil oxiriga borib mahalliy armiya o’zini tutib tura oladi, deb hech kim komil ishonch bilan aytolmaydi. Albatta, chetdan yordam kerak bo’ladi”.

Afg’on politsiya va armiyasi joriy yil ilk bor aksariyat harbiy amaliyotlarda yetakchilik qildi va katta talofatlar ko’rdi. Rasmiylarning aytishicha, yil oxiriga borib AQSh yordami qanchalik zarur ekani ham oydinlashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG