Breaking News

AQSh havo kuchlarida ham byudjet kamayadi


Amerikada sarfiyatni keskin kamaytirish to’g’risidagi qaror ta’siri hukumat moliyalaydigan barcha sohalarda bilina boshlayapti. Sekvestr oqibatida byudjetining eng katta bo’ladigan ayriladigan vazirlik bu – Pentagon. 46 milliard dollar - hozirgi mudofaa xarajatlarining 9 foizi degani. “Amerika Ovozi” Merilenddagi Endryus havo bazasida bo’ldi.

AQSh havo kuchlarida ham byudjet kamayadi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00
Yuklab oling

Kapitan Frenk Gilliard KC-135 rusumidagi yoqilg’i tankeri uchuvchisi: “Bu samolyot harbiy gospital sifatida ham ishlatiladi”.

Parvozlar 18 foizga qisqarishi kutilar ekan, samolyotlarni yoqilg’i bilan ta’minlaydigan tankerlar avvalgidek tez-tez havoga ko’tarilmaydi. “Ha, harbiy tayyorgarlikka salbiy ta’sir qiladi bu”.

Byudjet kamaysa, rezervdagi xodimlar haftasiga bir ish kunini, demak maoshni ham yo’qotadi. “Qiyin bo’lishi aniq,” - deydi u.

Maoshlar 20 foizga kamayadi.

“Oh-ho. Xarajatlarni kamaytirishga majbur bo’laman. Uyim bor, maishiy xizmat uchun to’lovlar, har kungi hayot”.

Uchuvchi Kevin Vidn samolyotlarni ta’mirlaydi, ham murabbiylik qiladi. Allaqachon uyali telefoni uchun arzonroq plan tanladi, bir mashinasini sotdi, to’y rejasi haqida o’ylanib qolgan.

“To’yga tayyorgarlikni boshlab qo’ygan edik. Biroz yig’gan pulim bor. Lekin maosh kamaysa, qiynalishimiz turgan gap,” - deydi Vidn.

Byudjetning qisqarishlari bilan Vidn va Gilliard qatorida Endryus havo bazasidagi yana 230 uchuvchi yuzlashmoqda. Ularning ishi - parvozdagi harbiy samolyotlarga yoqilg’i yetkazish hamda yangi pilotlarni tayyorlash.

Polkovnik Vilyam Meyson bazadagi eng tajribali uchuvchilardan, lekin hamkasblari qatori uning ham ish soatlari kamayadi. Qizining o’qishiga to’lashga qiynalyapti. Sekvestr, deydi u, aslida sarfiyatning kamayishiga olib kelmaydi. Aksincha, havo kuchlariga qimmatga tushadi.

“Pilotlarni parvozga chiqarmay, boshqa vazifalarni bajarishga o’rgatish qimmatroq bo’ladi. Yuqori malakani saqlab qolish muhim,” - deydi Meyson.

Uchuvchilik doimiy treyning talab qiladigan kasb. Buni unutib qo’yishyapti, deydi polkovnik.

Sekvestr hozircha baza byudjetiga ta’sir qilgani yo’q. Agar Kongress qarorni bekor qilmasa, oqibatlar og’ir bo’ladi, deydi soha vakillari.

AQSh havo kuchlaridagi o'zgarishlar/Air force sequestration
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG