Breaking News

Hechdan ko’ra kech yaxshi, deydi havaskor xonandalar


Hechdan ko'ra kech yaxshi/Creativity Aging
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:19 0:00
Yuklab oling

Hechdan ko'ra kech yaxshi/Creativity Aging

San’at, ijod, ixlos… Bular yosh tanlaydimi? Albatta tanlamaydi, deydi ko’plab amerikaliklar. Hechdan ko’ra kech yaxshi, deydi ular. Bundan 10 yil avval AQSh San’at jamg’armasi yangi bir dastur e’lon qilib, havaskorlardan iborat xorlar tuzgan edi. Ularga professional dirijyorlar rahbarlik qiladi. Gap shundaki, bu jamiyatning onaxonu otaxonlari orasida qo’shiq aytaman deganlar ko’p.


Jin Kelli - dastur asoschisi va rahbari.

“Qo’shiqchilarimiz har xil. Ba’zilari butun umr ashula aytgan. Boshqalari esa kuylamaganiga 40 yil bo’lgan. Boshqa ishda ishlagan, oilasi bilan ovora bo’lgan. Umuman kuylamaganlar ham bor”.


Jin Kelli Merilend shtatidagi Sent Meri kollejida ham dars beradi. Bu yil kollejning yozgi dasturida 60 xonanda ishtirok etmoqda. To’rt kun ichida beshta qo’shiq o’rganishi kerak.

Besh yil avval boshlangan dasturda Jin Xezer faol qatnashib keladi.


“Bizga bu yerda bilim berishadi, nafaqat musiqa, balki qo’shiq aytishni, mahorat bilan kuylashni o’rgatishadi. Notani noto’g’ri olsangiz ham koyishmaydi”.

Eng hayajonli damlar bular albatta so’nggi konsertlar. Unga tayyorgarlik ko’p vaqt oladi.
Shuningdek, boshqa mashg’ulotlar ham bor.

Margo Nyuxaus yiqilib, asta o’ziga kela boshlaganida “Ankor” haqida eshitib qoldi. Dastur uning davolanishida yordam berdi.

“Ilgari juda charchardim, kechga borib tinka-madorim qolmasdi. Keyin o’zimni sog’lom seza boshladim. Bu mashg’ulotdan faqat foyda ko’rdim”.

Jin Kelli deydiki, tadqiqotlar bunday dasturlar foydali ekanini isbotlagan.

“Bir yil o’tib shu ayon bo’ldiki, professional san’atkorlar darslariga qatnagan qo’shiqchilarimizning ma’naviy va ruhiy ahvoli ancha yaxshilangan, depressiyaga tushish hollari kamaygan. Dori ichadiganlar ham kamaygan”.

Dastur boshlanganida, unda 150 qo’shiqchi bor edi. Bora-bora saflar kengaydi. Hozirda 550 odam “Ankor”da ishtirok etadi. O’rtacha yosh 73, ayrimlar esa 90 dan oshgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG