Breaking News

Qurg'oqchilik AQSh gumanitar yordam dasturlarining qisqarishiga sabab bo'lishi mumkin


AQShda qurg’oqchilik. Don, jumladan, makkajo’xori va soya narxlari oshmoqda. AQSh yordamga muhtoj mamlakatlarga yuboriladigan gumanitar yordam miqdorini kamaytirishi ehtimoli bor.



AQSh dunyodagi eng yirik donor-mamlakat. Tabiiy ofat yoki boshqa falokatdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga oziq-ovqat yuboradi. Yordamga muhtoj odamlarga, asosan, AQShda yetishtirilgan jo’xori va soya qorishmasidan tayyorlangan un tarqatiladi.

Biroq joriy yilda Amerika shtatlarining uchdan ikki qismida qurg’oqchilik kuzatilyapti. Qishloq xo’jaligi vaziri Tom Vilsakning bildirishicha, bu yil makka va soya hosili kutilganidan ancha kam bo’ladi.

“Buning oqibatida narxlar ancha ko’tariladi. Masalan, 1-iyundan buyon bir qop makka narxi 38 foizga oshdi. Bir qop soya narxi esa 24 foizga ko’tarildi”, deydi vazir.

Shimoliy Amerika tegirmonchilari uyushmasi xodimi Pol Grinning aytishicha, makkajo’xori va soya hosili kam bo’lmaydi, lekin narxlar oshsa, hukumat fermerlardan kamroq don sotib oladi.

“Narxlarning ko’tarilishi byudjet kamomadiga olib kelishi mumkin”, deydi u.

Gringa ko’ra, oziq-ovqat narxlarining oshishi dunyoda yordamga muhtoj odamlar sonining ko’payishiga sabab bo’ladi.

“Kamroq don sotib olinsa, yordam oladigan odamlar soni ham kamayadi. Ammo jahon bozorlaridagi narxlar oshsa, yordamga muhtoj odamlar ko’payishi mumkin”, deydi u.

Gumanitar yordam ko’rsatadigan tashkilotlar bu fikrga qo’shiladi.

“Katolik yordam xizmatlari” tashkiloti vakili Bryus Uaytning bildirishicha, qaysi tashkilotdan qancha don sotib olishni AQSh hukumati rejalashtiradi. Ammo narxlarning oshishi 2008-yilda kuzatilganidek rejalarni o’zgartirib yuborishi mumkin, deydi u.

“O’shanda AQSh hukumati belgilangan rejaning to’la uddasidan chiqa olmagan edi”, deydi “Katolik yordam xizmatlari” tashkiloti vakili.

AQShning yiliga qancha gumanitar yordam ajratishini Kongress hal qiladi. 2009-yildan buyon bu maqsadda 1,5 milliard dollar sarflangan. Qishloq xo’jaligi vazirligi hozirda Kongress bilan dasturlarni rejaga ko’ra amalga oshirishni muhokama qilmoqda.

Qurg'oqchilik va oziq-ovqat narxi/Drought & Food Prices
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:29 0:00
Yuklab oling

Dehqon va qonun, og'ir kunlarda yordam kerak/ Farm Bill in US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:40 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG