Breaking News

Dunyoning "eng qimmat" yulduzlari kim?


“Forbes” jurnali tuzgan maxsus reytingda Madonna eng “qimmat yulduz” deya e’tirof etiladi. O’tgan bir yilda u 125 million dollar ishlab topgan. 14 taniqli shaxs 1 milliard dollarga boyigan.

Kim qancha topayapti? Forbes reytingi / Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00
Yuklab oling

Albatta, o’tgan bir yil mobaynida eng ko’p daromad olgan artist. Shu bois “Forbes” xalqaro biznes nashri Madonnani 2013-yilning eng uddaburo va badavlat yulduzi deb topdi.

Madonna jahon bo’ylab gastrolda bo’ldi. Daromad asosan shu konsertlardan. Moliyaviy muvaffaqiyat kaliti nimada? Chiptalarning qimmatligida, deydi iqtisodchi olim Jon Simson.

“Katta pul topishning bir yo’li - gastrol. Chiptalar narxi osmonda. Bitta konsertga borish uchun 200 dollar to’lashga tayyor odamlar ko’p. Vaholanki 20 yil avval chipta 20 dollar turardi”.

“Forbes” reytingidan ikkinchi o’rinni egallagan odam – Gollivud kino ustasi Stiven Spilberg. O’tgan yilda bu mashhur rejissor va prodyuser 100 million dollar ishladi.

Eng ko’p topganlarning aksariyati amerikaliklar ekani tabiiy, deydi sharhlovchi Jon Simson.

“Qo’shma Shtatlar butun dunyo ahli qiziqib ko’radigan kino yoki miriqib eshitadigan musiqa makonidir. Yer sharida tinglab tomosha qilinadigan kuy va ashula, ko’ngilochar videolarning taqriban 50 foizi AQShda yaratilgan. Kino sohasida ham shunday desak mubolag'a bo’lmaydi”.

Reytingning uchinchi pog’onasidagi uchlik – 95 million dollar ishlagan media-magnatlar Saymon Kauvell va Xovard Stern hamda britaniyalik yozuvchi, “Janob Greyning 50 ko’rinishi” kitobi muallifi E.L. Jeyms.

O’tgan yilgi reyting lideri Opra Uinfri bu yil 9-pog’onaga tushgan. Yillik daromadi 88 million dollardan 77 millionga kamaygan.

Ledi Gaga esa 7-o’rinda. Garchi bu joyni “Karib dengizi qaroqchilari” filmi prodyuseri Jerri Brukxaymer bilan bo’lishga to’g’ri kelgan bo’lsa-da. Har ikkalasi 80 million dollardan ishlagan.

Talab va qiziqish kuchli ekan, “yulduzlar” ham boyiyveradi.

“Ajoyib asarlar bo’lsa jon deymiz. Insoniyat qiziqishdan to’xtamaydi. Roman, qo’shiq, kino deysizmi… Ularga talab so’nmaydi. Ijodingizni pullay olasizmi, marhamat”.

Sport yulduzlarining ham bozori chaqqon. Golf chempioni Tayger Vuds “Forbes” jurnalining bu reytingida birinchi o’nlikka kirganlardan. U kinoprodyuser Tayler Perri bilan birga 8-o’rinni egallagan.

Eng ko'p daromad qilayotgan yulduzlar - Highest paid stars
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:02 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG