Breaking News

Manas tranzit bazasi rasman yopildi


Manas, 2012-yil
Manas, 2012-yil
Qo’shma Shtatlar Bishkek yaqinidagi “Manas” aerodromida o'z harbiy inshooti faoliyatini rasman tugatgani haqida e’lon qildi.

Tranzit markazi deb ataladigan bu maskan ijarasi kelasi oy nihoyasiga yetadi.

AQShning Qirg’izistondagi elchisi Pamela Spratlen deydiki, hafta oxiriga borib, inshootda biror harbiy qolmaydi.

Qo’shma Shtatlar 2001-yil kuzida Afg’onistonda Tolibonga qarshi urush boshlaganidan so’ng “Manas” da baza ochgan edi. Keyinchlalik baza tranzit markaziga aylantirilgan.

Bazada qo’mondonlik qilgan polkovnik Jon Millardning aytishicha, “Manas” 12 yildan ziyod faoliyati davomida 5,5 million zobitga xizmat ko’rsatgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG