Breaking News

AQSh armiyasida joniga qasd qilayotganlar ko’p


Iroq va Afg’oniston urushlarida qatnashib, vataniga qaytgan amerikalik askarlar tinch hayotga o’rganishda qiynaladi. Ular orasida hayotiga qasd qilish hollari nihoyatda ko’p. Ma’lumotlarga kora, har kuni bir sobiq harbiy joniga qasd qiladi.



Iroqdagi bombalar emas, uyidagi tinch hayot Josh Lipshteyn hayotiga zomin bo’ldi.

23 yoshli yigit o’tgan yili urushdan qaytgach o'zini o'ldirdi.

Otasi Don Lipshteyn Jon narkotiklarga qaram bo’lganini aytadi. Armiya shifokorlariga murojaat qilishni istamagan, yomon otliq bo’lishdan qo’rqqan.

“Jamiyatimizda harbiylarga talab katta, dovyurak va irodali bo’lishi kerak. Lekin yigitlar vatanga qaytgach qancha qiynalishi haqida gapirilmaydi”.

Harbiy xizmat davrida narkotik moddalarga ruju qo’yadi. Jarohat asoratlari, moliyaviy qiyinchiliklar – bularning bari bir odam yelkasiga tushadigan yuk. Lekin ko’plar shifokor yoki ruhshunosga murojaat qilishni istamaydi.

Dengiz flotida xizmat qilgan Maykl Xarris Afg’onistondan qaytganidan ko’p o’tmay qiyinchiliklarga bardosh berolmadi, hayotiga qasd qildi. Ukasi Ben deydiki, Maykl yordam olishga harakat qilgan.

“Maykl har holda boshqalarga murojaat qilib, armiya shifokor va ruhshunoslaridan maslahat olmoqchi bo’ldi. Lekin spirtli ichimliklarni iste’mol qilayotganini tan olganida, armiya mutaxassislari unga sen spirtli ichimliklarga qaramlikdan davolanishing kerak, armiya senga endi yordam berolmaydi, deb aytishdi”.

Bundan bir necha yil avval armiya rahbariyati suiqasd hollariga qarshi kurash doirasida maxsus treninglar boshlagan. Biroq harbiylar davolashga nihoyatda keskin yondashadi, bemorlarni tanqid qilish ko’p uchraydi. Natijada ko’plar kerakli maslahat va yordam ololmaydi.

AQSh hukumati ma’lumotlariga ko’ra, joniga qasd qilgan harbiylarning 70 foizi avval doktorga murojaat qilgan, askariyati o’sha kuniyoq. Biroq yordam olmagan.

Mudofaa vaziri Leon Panetta oldidagi eng jiddiy muammo – armiyadagi suiqasd hollari.

“Bu masalaga savollarga javob topish va uni hal etish oson emas. Lekin biz ularni bartaraf etishimiz shart. Bu aniq”.

Don Lipshteynga hech kim o’g’lini qaytib berolmaydi. Ammo targ’ibot qilib, muammoni ko’tarish, odamlarni ogohlantirish ota dardini biroz bo’lsa-da yengillashtirdi.

“Bu boshlanishi… Odamlar bilan gaplashib, yordamlashish, hayotni saqlab qolishga umid qilaman”.

Akasi Mayklni yo’qotgan Ben Xarris esa armiyada yondashuvo’zgaradi degan umidda.

“Eng oddiy askardan tortib generalgacha – harbiylarimiz orasida targ’ibot ishlarini davom ettirish kerak. Ko’zga ko’rinmas jarohatar va ruhiy xastaliklar juda xafvli, armiyani ichidan yemirishi mumkin. Buni to’xtatish zarur”.

AQSh armiyasida joniga qasd qilayotganlar ko'p/US Military Suicides
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:25 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG