Breaking News

Panetta: Osama bin Ladenni topishda yordamlashgan shifokor sotqin emas


Al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden yashagan hovli, Abbottobod
Al-Qoida yetakchisi Osama bin Laden yashagan hovli, Abbottobod

AQSh al-Qoida yetakchisi Osama bin Ladenni topishda yordamlashgan shifokor taqdiridan xavotirda. Shakil Afridiy ismli bu shaxs hibsda va unga vatanga xiyonat qilganlik aybi qo’yilgan.

“Afridiy dunyoning eng xavfli terroristini yo’q qilishda bebaho ma’lumot uzatgan odam”,- deydi Mudofaa vaziri Leon Panetta.

“Pokiston uni jazolashga qaror qilib, katta xato qildi”.

Leon Panetta, AQSh Mudofaa vaziri, Osama bin Laden o'ldirilgan paytda Markaziy Razvedka Agentligi rahbari edi.

Leon Panetta, AQSh Mudofaa vaziri, Osama bin Laden o'ldirilgan paytda Markaziy Razvedka Agentligi rahbari edi
Leon Panetta, AQSh Mudofaa vaziri, Osama bin Laden o'ldirilgan paytda Markaziy Razvedka Agentligi rahbari edi

Afridiy aynan shu boshqarma agentlari bilan ishlagan. Aholini emlash dasturi doirasida Osama bin Laden yashagan hovliga kirib, undan DNK, hujayra majmuasi, olishga muvaffaq bo’lgan.

Shu tariqa Osama bin Ladenning qayerda ekani aniqlanib, 2011-yilning mayida AQSh maxsus kuchlari uni o’ldirgan edi.

Panetta deydiki, Pokiston hukumati Osama bin Ladenning Islomobod yaqinidagi Abbotobodda bemalol yashab yurganini bilmaganiga ishonish qiyin. Pokiston xavfsizlik kuchlari va maxfiy xizmati bu haqda ma’lumotga ega bo’lgan, deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG