Breaking News
Din

AQShning diniy erkinlik bo'yicha global targ'iboti tanqid ostida


AQShning diniy erkinlik bo'yicha global targ'iboti tanqid ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:35 0:00

AQSh Davlat departamenti bugun diniy erkinlik bo'yicha o'zining yillik hisobotini e'lon qildi. Vashington 1990-yillardan beri e'tiqod erkinligi toptaladigan davlatlarni kuzatib keladi. Ayrimlar nazarida, bu ish hozir har qachongidan ham zarur. Boshqalar fikricha esa bu - o'zga davlatlar ichki ishiga aralashish.

Amerika konstitutsiyasi davlat dinini belgilamagan. Fuqaro istagan diniga e'tiqod qilishi mumkin. Boshqa davlatlarga ham xuddi shu qarashni o'tkazish kerakmi, degan savol doimo bahsli.

Bu universal huquq bo'lishi kerak, deb hisoblovchilar ko'p.

Katrina Lantos Svet har yili diniy huquqlarni eng ko'p buzuvchi davlatlar ro'yxatini tuzadigan hukumat agentligini boshqaradi.

"Turli e'tiqoddagi odamlar o'z dinlariga tinch va qo'rquvsiz amal qila oladigan xavfsiz muhitni yaratish g'oyasini boshqa davlatlarga ham targ'ib eta olsak, bu davlatlar yanada ochiq va barqaror jamiyat qura oladi", - deydi u.

Ammo Vashingtonda hamma ham shunday fikrda emas. Transatlantika siyosati tadqiqot markazi shu mavzuni muhokama qilmoqda.

Siyosatshunos Elizabet Shekman bunday siyosatni ikki yuzlamachilik deb hisoblaydi.

"Biz o'zimizni diniy erkinlikka ega deb hisoblaymiz. To'g'ri, shunday, lekin boshqa odamlarga kelganda, buni nazoratga olish kerak. Ularga beg'rikeng bo'lishni, o'zgarishni o'rgatishimiz kerak. Tashqi siyosat idoralarida hamma xorijda torelant dindorlarni yetishtirish bilan shug'ullanmoqda, lekin hukumat o'z uyida bunday qilolmaydi", - deydi Nordvestern universiteti tadqiqotchisi.

Chunki konstitutsiya bunga yo'l bermaydi, deydi u. Boshqalar nazarida esa G'arb tamoyili bo'lgan diniy erkinlik o'zga jamiyatlar uchun buzg'unchi g'oya bo'lishi mumkin.

Myanmadagi injilchilar cherkoviga tashrif buyurgan diniy erkinlik bo'yicha AQSh elchisi Deyvid Sapersteyn bu yerda diniy ozchilik elatlar haq-huquqi bilan qiziqdi.

"Hukumat odamlarni diniy e'tiqodiga qarab ajratmasligi kerak. Birinchi navbatda hammaga o'z fuqarosi sifatida qarashi kerak", - deydi birmalik nasoro ayol.

Uning aytayotganlari AQSh Konstitutsiyasida belgilangan tamoyildan farqli emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG