Breaking News

Islom Karimov yana saylanishga haqlimi? Hukumat javob bermaydi


Navro’z tantanasida so’zlagan prezident O’zbekiston hech qachon hech kimga bosh egmagan, egmaydi deb yana bir bor eslatib ketdi. Tashqi dunyo saylovga aralashayotgani yo’q. Xalqaro hamjamiyat ham Karimov lavozimini bo’shatmoqchi emasligini biladi. AQSh rasmiylari so’zi bilan aytganda, O’zbekistonda kim rahbar bo’lsa, o’sha odam bilan hamkorlik davom etadi.
Navro’z tantanasida so’zlagan prezident O’zbekiston hech qachon hech kimga bosh egmagan, egmaydi deb yana bir bor eslatib ketdi. Tashqi dunyo saylovga aralashayotgani yo’q. Xalqaro hamjamiyat ham Karimov lavozimini bo’shatmoqchi emasligini biladi. AQSh rasmiylari so’zi bilan aytganda, O’zbekistonda kim rahbar bo’lsa, o’sha odam bilan hamkorlik davom etadi.

O’zbekistonda 29-mart kuni prezident saylovlari. Targ’ibot ishlari davom etmoqda, lekin Islom Karimovning yana bir bor rahbarlikka saylanishga haqqi bormi yoki yo’qligi hamon savol ostida. Hatto Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham bu masalaga aniq javob topolmayapti.

O’zbekistondagi saylovoldi jarayonini kuzatayotgan missiya bergan dastlabki hisobotdan shu narsa aniqki, rahbariyat bu savolni chetlab o’tishga urinmoqda. Markaziy saylov komissiyasi uning vazifasi nomzodlarni ro’yxatga olib, saylov tekis o’tishini ta’minlashdan iborat ekanini bildiradi. Konstitutsion sud esa jim.

Vaholanki, O’zbekiston bosh qomusiga ko’ra, bir kishi prezidentlikka ikki muddatdan ortiq saylana olmaydi. Uchinchi bor nomzod bo’lishga qonuniy asos yo’q. 1989-yildan beri hukmron Karimovning nomzodligi noqonuniy deya prokuraturaga qilingan shikoyatlar javobsiz qolmoqda. “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan jamoatchi faollar bu saylov xojako'rsinga deydi.

Bosh qomusga kiritilgan o'zgartirishlar va ularning Karimov faoliyatiga qanday ta'sir qilishi haqida tegishli organlar biror izoh bermaydi.

Karimovdan tashqari yana uch nomzod bor lekin xalq nazarida qo’g’irchoq. Bu sun’iy nomzodlardan birortasi mamlakatdagi mavjud muammolar haqida, kelajak qanday bo’lishi haqida og’iz ochmagan, saylovchilar bilan uchrashuvlarda o’z partiyalarini tanishtirish bilan ovora.

Karimov prezidentlikda qolishga haqlimi? Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:22 0:00

Islom Karimov g’alabasi muqarrar. O’zbekiston inson huquqlari alyansi Karimovni prezidentlikka nomzod sifatida ro’yxatga olish O’zbekiston qonunchiligining qo’pol buzilishidir deya Bosh prokuratura va Konstitutsiyaviy sudga ariza jo’natgan.

“Hozirgacha biror javob ololganimiz yo’q. Biz prezident devoniga ham murojaat jo’natgan edik, undan ham biror javob olmadik. Saylovga esa bir necha kun qolmoqda xolos. Ular javobni shu tariqa juda uzoqqa cho’zishsa kerak”, - deydi Alyans rahbari Yelena Urlayeva.

Ayrim faollar saylov kampaniyasi qanday olib borilayotgani yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga ham shikoyat bilan chiqishgan.

“Markaziy saylov komissiyasi raisi Abdusalomovga shikoyat yozdim. Men saylov targ’ibot kampaniyasi nosog’lom ruhda o’tayotgani, konstitutsiyaga zidligi, siyosiy partiyalardan ko’rsatilgan nomzodlar o’rtasida haqiqiy raqobat yo’qligi, saylovchilarning huquqlari qo’pol buzilayotgani haqida yozdim”, - deydi Markaziy Jahongir Shosalimov, Toshkentdan jamoatchi faol.

Shosalimov prezidentlikka nomzod Akmal Saidovning ishonchli vakili bilan o’tgan uchrashuvdagi ishtirokidan so’ng shikoyat yozishga qaror qilgan. Bu muloqotda uning savollari javobsiz qoldirilgan, aksincha tashkilotchilar unga nisbatan bosim ko’rsatishgan, zalni tark etishga majbur qilishgan.

Shosalimovning aytishicha, saylovchilar bilan o’tayotgan boshqa uchrasuvlar ham shunday tahlikadan xoli emas. Ularning aksariyati yopiq. Nomzodlar muammolar haqida og’iz ochmaydi. Prezidentlik saylovlari o’zgarishga muhtoj aholi uchun siyosiy mavhumlikdan boshqa hech narsa emas, deydi faol.

“Uchrashuvlar qayerda qachon o’tayotganidan ham ko’pchilikning xabari yo’q. Aholini qiynayotgan muammolar ko’p, ammo ular haqida hech narsa deyilmaydi. Saylov kampniyasida jiddiylik yo’q. Partiya nomzodlarida tanqidning o’zi yo’q. Saylovdan keyin nima bo’ladi, kelajakni qanday ko’rishayapti, bu borada ham mavhumlik. Odamlar o’z ovozini kimga ishonib topshirishi kerak, ertaga mamlakatda nimalar bo’ladi, kimlar keladi? Jarayon yopiq, yashirin… O’zbekiston aholisi taqdirini mavhumlikka tomon olib borayapti. Amaldagi prezident muammolarning quliga aylanib qolganini bugun aholining katta qismi sezib turibdi”, - deydi Jahongir Shosalimov.

Qog’ozda prezidentlik uchun Karimov bilan Akmal Saidov, Narimon Umarov va Hotamjon Ketmonov bellashmoqda. Amalda esa hech qanday raqobat yoki poyga kuzatilmaydi.

Navro’z tantanasida so’zlagan prezident O’zbekiston hech qachon hech kimga bosh egmagan, egmaydi deb yana bir bor eslatib ketdi.

"Bizga, o‘zbek xalqiga nima kerak – tinchlik va omonlik kerak, degan da’vat el-yurtimiz orasida tobora keng tarqalib bormoqda. Buning asosiy ma’nosi – bugungi notinch, keskinlashib borayotgan zamon barchamizdan hushyor va ogoh bo‘lishni talab etayotganini, tinch va osuda hayot uchun, mana shu musaffo osmon uchun kurashish, butun dunyo bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashashni bildiradi",- dedi Karimov, 21-mart kuni qilgan nutqida.

Tashqi dunyo saylovga aralashayotgani yo’q. Saylov mamlakatning ichki ishi, deydi diplomatlar. Xalqaro hamjamiyat Karimov lavozimini bo’shatmoqchi emasligini biladi. AQSh rasmiylari so’zi bilan aytganda, O’zbekistonda kim rahbar bo’lsa, o’sha odam bilan hamkorlik davom etadi.

Markaziy saylov komissiyasiga ko’ra, prezidentlik saylovlarida 300 dan oshiq xalqaro kuzatuvchilar ishlaydi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti cheklangan missiyasi hisobotini mana bu yerda o’qishingiz mumkin.

Markaziy Saylov Komissiyasi
Markaziy Saylov Komissiyasi

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG