Breaking News

AQSh hujjatsiz muhojirlarni saqlash uchun yangi markazlar ochmoqda


Muhojirlar saqlanayotgan AQSh markazi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

AQSh bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati mamlakatga kirib kelayotgan muhojirlarni hujjatlari ko’rib chiqilguncha saqlab turish uchun vaqtinchalik markazlarni tashkil qilgan.

O'tgan yili AQShning Bojxona va chegarani qo’riqlash xizmati hibsdagi muhojirlarni vaqtincha saqlash uchun Texas shtatining El-Paso shahrida muhojirlar markazini ochdi. Muassasaning doimiy devor to’siqlari yo'q. Immigratsiya rasmiylarining aytishicha, u o’zida 2500 kishini sig'dira oladi.

Markaz yaqin atrofdagi shtatlarda odamlar bilan to'lgan markazlardan kelgan muhojirlarni ham qabul qila oladi, deydi El-Paso sektorining bosh patrul agenti Entoni Gud.

"Arizonada Tuson markazi bor; shtatning uzoq chekkasida esa Yuma sektori bor. Yuma Tuson sektoriga yordam bermoqda", - deydi u.

Chegara xizmati so’zlovchisi Klaudio Erreraning aytishicha, fevral oyida Tusondan bu yerga kuniga o‘rtacha 94 muhojir kelgan.

“Muhojirlar bu yerga yetib kelgach, ular ro’yxatga olinadi va barmoq izlari olinadi. Biz har bir muhojirning sog‘lig‘ini tekshiramiz va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz”, - deydi u.

Markaz doimiy qo’riqlov ostida.

Muhojirlar jinsi va oilasi boʻyicha guruhlarga bo’linadi. Hujjatlari hal bo’lguncha, ular shu yerda saqlanadi.

"Har bir ish o’ziga xos. Hozir biz repatriatsiya yoki zudlik bilan deport qilish ishlarini amalga oshiryapmiz", - deydi Errera.

Rasmiylar muhojirlarga g'amxo'rlik qilish bo’yicha qo'llaridan kelganini qilmoqda, deydi Gud.

“Biz tibbiy yordam, oziq-ovqat, xizmatchilar bilan ta'minlaymiz. Shartnoma asosida ishlaydigan xodimlar bu yerni xavfsiz va toza muhitga aylantirishda ko’p yordam beradi", - deydi rasmiy.

Muassasa bolalarga alohida g'amxo'rlik qiladi; migrantlar oilasi yoki yuridik maslahatchilar bilan bog'lanishlari uchun telefon aloqasi va dam olish zonasi tashkil qilingan.

Errera ayni paytda bu yerga kelayotgan muhojirlarni qat’iy ogohlantiradi.

"Jinoyatchi tashkilotlarning da'volariga aldanmang. Ular sizni bu yerga olib kelish uchun pulingizni shiladi. Kelganingizdan keyin esa, yana vataningizga qaytarib yuborilasiz”, - deydi u.

Agar ehtiyoj bo’lsa, rasmiylar bunday markazlar sonini yana ko’paytirish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG