Breaking News

Qoraqalpog'istonga tibbiy yordam: Kolorado shtatidan Orolbo'yi hududiga


Daglas Jekson boshqaradigan "Project C.U.R.E." nohukumat tashkiloti O'zbekiston bilan 30 yildan beri tanish. Jeksonning otasi sayohatga borib, Orol dengizi tezlikda quriyotgani va u yerdagi og'ir muhitni o'z ko'zi bilan ko'rib kelgach, mintaqa uchun xayriya tashabbuslarini boshlagan.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi bilan aloqa o'rnatilgan. Orol dengizi hududidagi fojia, xususan aholi yuzlashayotgan qiyinchiliklarga hech kim befarq bo'lmasligi kerak, deydi Jekson "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

"Sog'liqni saqlash tizimi qanchalik izdan chiqqanini ko'rib, jim tura olmas edik", - deydi aynan tibbiy yordam ko'rsatadigan va bugungacha 138 davlatga shunday ko'mak yetkazgan tashkilot rahbari.

Orol fojiasi Amerika maktablarida oʻrgatiladigan yoki ekologiya muhokamasida bot-bot tilga olinadigan mavzu emas. Amerikaliklar dunyoning u qismlari haqida deyarli bilmaydi.

Lekin Jekson kuzatishicha, Orol mintaqasi taqdiri haqida eshitganida odamlarning eti jimirlaydi.

"Aql bovar qilmaydi. Atrof-muhitni qadrlovchi har bir shaxs uchun Qoraqalpog'istondagi vaziyat ko'zni ochadigan dars", - deydi u.

Inson xatosi va egri siyosat bilan tabiat va yashash uchun sharoit yaroqsiz ahvolga kelib qolishi mumkin.

"Tashkilotimiz faoliyatining bir qismi amerikaliklarga bu hudud haqida taʼlim berish ... Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarda insonning hissasini aks ettiradigan holat u".

Lekin umidni boy bera olmaysiz, hayotni boy bera olmaysiz, deydi Jekson. Hammasi tugadi, deb bosh olib ketasizmi yoki yechim izlaysizmi?

Aholiga yordam ko'rsatasizmi yoki uni unutasizmi? Haqiqatga ko'z yumasizmi?

"Project C.U.R.E", deydi Jekson, ekologik ogohlik va insonparvarlik tarafdori; muntazam ravishda shuni targ'ib qiladi.

"Birinchi navbatda, inson hayotini avaylash lozim. Buning uchun uning sog'lig'iga qaraysiz. Nimaiki zarur bo'lsa, ta'minlashingiz lozim. Biz shu jihatdan imkon qadar ko'maklashib kelayapmiz", - deydi u.

"Gap shundaki, xalqqa g'amxo'rlik qilmasangiz, hududni ham yo'qotasiz, aholini ham".

Odamlar kasal, sog'liqni saqlash tizimi tashlandiq holda bo'lsa, u yerda nima qila olasiz?

Orolbo'yi aholisiga tibbiy yordam, Project C.U.R.E.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:16 0:00

Tibbiy asbob-uskunalar suv va havodek kerak. Rentgen mashinalari, jarrohlik stollari, chiroqlar, dori-darmon, shifokorlar va hamshiralar uchun vositalar, igna, qo'lqop, shpritslar, turli moslamalar.

"Biz shularni ta'minlaymiz", - deydi xayriya tashkiloti prezidenti.

"Donorlarimiz - dunyodagi eng yirik tibbiy ishlab chiqaruvchilar".

Jekson o'nlab kompaniyalar va bizneslarni qayd etadi. AQSh bo'ylab va global miqyosda ishlaydigan korporatsiyalar va ta'minotchilar.

"Biz individual xayr-ehson ham olamiz. Shtab-kvartiramiz Koloradoda ekan, biz tomonlarga qishki sport uchun keladiganlar serob. Ular ko'p hollarda yiqiladi, biror joyi shikastlanadi. Ishlatgan vositalarni bizga tashlab ketishadi, masalan. Bahonada biz ularga qayerlarga yordam berayotganimizni aytamiz. O'ziga to'q odamlar ekan, xayriya qilishga ham moyil".

Har bir konteyner yukni O'zbekistongacha yetkazish o'rtacha 30-35 ming dollar atrofida. Yiliga berilgan ko'mak 2-3 million dollarga teng. Bu yilgisi, hozir tayyorlanayotgani 5 million dollardan oshiq bo'ladi.

O'zbekiston elchixonasida ham xayriya tadbiri o'tkazilib, Vashingtondagi tashkilotlar va bizneslardan mablag' tushadi.

"Resurslarning oxiri yo'q. Iroda bor, harakat bor. Albatta, biz qancha ko'p madad ko'rsata olsak, shunchalik xursandmiz", - deydi Jekson.

"Project C.U.R.E" O'zbekiston bilan ayniqsa o'tgan uch yildagi hamkorlikdan mamnun.

Tomonlar bir-birini tushunadi va maqsadlar mushtarak, deydi u. Qoraqalpog'iston ahlining joniga oro kirishni niyat qilgan tashkilot Amerkada oyoqqa turib olgan vatandoshlar ham missiyaga qo'shiladi, mablag' uzatadi, degan umidda.

AQShdagi eng katta musulmon xayriya muassasalaridan biri bo'lmish "Islamic Relief USA" hozirda "Project C.U.R.E" bilan sherik. Bu tashkilot ham endi Qoraqalpog'iston haqida biladi.

Jekson deydiki, xayriyani yer yuzining xohlagan qismidan qilish mumkin, tashkilot saytida bir zumda.

AQSh va Yevropada yashaydigan o'zbekistonliklar bunday tashabbuslarga befarq bo'la olmaydi, deydi "Project C.U.R.E" rahbari.

"Bu - yurtingizning buguni va kelajagi uchun yordamlashish imkoniyati. Tarix takrorlanmasligi uchun imkoniyat. Inson hayotini asrab-avaylash uchun imkoniyat".

Sizda bor sharoit Orolbo'yi hududida yo'q. Bir kishining dardiga malham bo'lish bilan butun insoniyatga yordamlashasiz, deydi Jekson.

"Project C.U.R.E" yetkazgan ko'mak, ya'ni tibbiy vositalar kim tomonidan qanday ishlatilayotgani, aholiga haqiqatan ham madad berayotganini tekshirib turadi. Hozircha muammolar kuzatilmadi, deydi u.

Xayriya - vijdonan qilinadigan amal. Kolorado va boshqa joylarda 35 ming ko'ngilli "Project C.U.R.E" doirasida mehnat qiladi. Vaqti va g'ayratini beg'araz sarflaydi. Donorlardan nimaiki kelsa, ko'rib chiqiladi, o'raladi, ularga muhtoj odamlar uchun tayyorlanadi.

"Ko'ngillilarimiz albatta bu uskunalar aynan kimga yetib borishini bilmaydi, ammo muhimi yetib boradi va kimningdir og'rig'ini oladi, hayotini osonlashtiradi", - deydu Jekson.

O'zbekistonga har yilgi yordamning manziliga yetib borishi 400 ming dollar atrofida, borayotgan narsalarining bahosidan tashqari. U esa millionlab dollar.

"Project C.U.R.E" Markaziy Osiyoda Turkmanistondan boshqa barcha davlatlarga yordam uzatib keladi, Afg'onistonga ham.

"Umuman olganda, biz kamida 138 mamlakatga har hafta o'rtacha 4-5 konteyner jo'natamiz", - deydi Jekson.

Xayriya uchun hech kim rahmat kutmasligi kerak. Saxovatpeshalikning sharti bu.

U insonparvarlikning eng mashhur naqllaridan birini eslatadi: dunyoni o'zgartirish, uni yashash uchun qulayroq joyga aylantirish - oz sonli, ammo kuchli irodali, tirishqoq va zahmatkash odamlarning ishi. Ozmiz-ku, demang, mo'jizalar kichik guruhlarning katta ishlaridir, deydi Jekson.

Qoraqalpog'istonning olis qishloqlarida bolalar oddiy dorilar, eng kerakli vositalarsiz nobud bo'lmasin. Bu go'daklar bir kun olim bo'lishi mumkin, sizning og'iringizni yengil qiladigan mutaxassis bo'lishi mumkin.

"Sog'liqni saqlash tizimini tuzatsangiz, omon qolgan bola ehtimol keyingi prezident, keyingi Nobel mukofoti laureati, keyingi ixtirochi bo'ladi. Kelajakni baribir siz unga topshirasiz", - deydi Jekson barchani gumanitar ishlarga chorlar ekan.

Insonparvarlik chegara tanlamaydi, deydi u. Koloradodan yoki Amerikaning boshqa bir qismidan ketayotgan yordam Qoraqalpog'istonning istagan nuqtasida kimnidir azobdan ozgina bo'lsa ham qutqarsa, missya bajarilgan bo'ladi. Jekson va uning tashkiloti uchun muddao shu.

Project C.U.R.E.: Medical aid to Karakalpakstan, Aral Sea area
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:52 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG