Breaking News

Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan


Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan

Afg’onistonda qish qattiq kelib, Kobuldagi qochqinlar lagerida o’tgan bir oy ichida kamida 22 bola sovuqdan nobud bo’lgan. O’lganlar asosan chaqaloqlar, deya yoritadi “Nyu-York Tayms” gazetasi.

Yana bir muhim ma'lumot: BMT hisobicha o'tgan bir yil ichida Afg'onistonda 3000 mingdan oshiq fuqaro halok bo'lgan. 77 foizida jangari hujumlari sabab, deyiladi tashkilot chiqargan bayonotda.

Xalqaro koalitsiya va mahalliy kuchlar aybi bilan esa 410 fuqaro o'lgan. 279 holda fuqaro o'limi kimning ishi ekani aniq emas - harbiylar yoki jangarilar.

Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan
Afg'onistonda o'nlab bola sovuqda nobud bo'lgan

Sovuqqa bardosh bera olmayotgan aholi taqdiriga qaytsak, afg’on hukumati boshpanasiz odamlarga madad ko’rsatmayapti degan tanqidga rasmiylar “asossiz ayblov” deb javob beradi.

Hukumat insonparvarlik yordami sifatida chet eldan milliardlab dollar mablag’ olgan, u qayoqqa ketayapti deya izlanganida "Nyu-York Tayms" lagerlarga yordam umuman bormayotganini aniqlagan.

Gumanitar tashkilotlar Hamid Karzay va uning ma’muriyatidan norozi.

BMTning bildirishicha, Kobulda 35 ming odam issiqliksiz hayot kechirmoqda. Hukumat qochqinlar lagerlarida yashayotgan fuqarolar uchun moliya ajratmaydi.

Sabab, deydi rasmiylar, lagerlar vaqtincha boshpana hisoblanadi. Lekin hukumat bu insonlarga uy-joy ham berayotgani ham yo’q. Mamlakat bo'ylab o'nlab ming aholi mana shunday noiloj ahvolda.

Xalqaro guruhlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatganki, lagerlarda yashaydigan har ming boladan 144 nafari nobud bo’ladi – ochlik, tibbiy yordam berilmagani yoki sovuqdan.

Afg'onistonda al-Qoida va Tolibonga qarshi urushni davom ettirayotgan Amerika va NATO boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bolalar manfaati birinchi o'rinda ekani, ular ravnaqi uchun milliardlab dollar ajratilganini ta'kidlab keladi. Lekin qochqinlar lagerlaridagi vaziyatni yaxshilash hukumat zimmasida, deydi diplomatlar. Davlat tizimida bu masala bilan shug'ullanadigan idora va markazlar bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG