Breaking News

Afg'onlar: "Urushni o'zimiz tugatishimiz kerak"


Fovzoy Kufiy, Afg'oniston parlamenti a'zosi. Uning aytishicha, xalq demokratik tuzum istaydi. Tolibonga toqat ham, o'rin ham yo'q. Tinchlik tarafdori bo'lsa, qurolini tashlab, jamiyatga qayta qo'shilish uchun ter to'ksin.
Fovzoy Kufiy, Afg'oniston parlamenti a'zosi. Uning aytishicha, xalq demokratik tuzum istaydi. Tolibonga toqat ham, o'rin ham yo'q. Tinchlik tarafdori bo'lsa, qurolini tashlab, jamiyatga qayta qo'shilish uchun ter to'ksin.

Amerika Afg’onistonga kirganiga 10 yil bo’ldi, ammo urushning yakuni ko’rinmaydi. Mojaro siyosiy murosa orqali hal etiladi degan umid bor.

Urush tugasin deb qanchalik dod-voy solinmasin, o’zidan o’zi to'xtamaydi.

Xalqning tinkasi qurigan, urushlardan to'ygan. Tolibon deganda odamlarning ko'z oldiga zulm va qon to'kish keladi. Ular bunday kelajak istamaydi.
Xalqning tinkasi qurigan, urushlardan to'ygan. Tolibon deganda odamlarning ko'z oldiga zulm va qon to'kish keladi. Ular bunday kelajak istamaydi.

Afg’on zamini qancha qonli janglarni ko’rmagan deysiz. Yoz-ku, urush avj oladigan fasl. Jangarilar bemalol harakat qiladi.

O’tgan oylar ichida Tolibon mamlakat sharqi va janubida ancha jonlandi. Nima qilib bo’lsa-da, manzilgohlarini boy bermoqchi emas.

NATO va AQSh qo’shinlari qarshi hujumlarga zo’r bermoqda. Tolibon bunga javoban mahalliy amaldorlarni o’ldirishga tushgan.

Kobul ko'chalarida
Kobul ko'chalarida

Muhammad Stanikzoy jangarilarni qurolni tashlashga ko’ndirib, jamiyatga qayta qo’shilishi yo’lida ter to’kib kelayotgan arboblardan.

Tolibon bilan muzokara ketmoqda, deydi u, lekin ular istaganidek hokimiyatga qayta olmaydi.

“2001 yildagi Tolibon amirliklari qayta tiklanmaydi. Afg’on jangarilariga taklifimiz shuki, xohlasangiz, siyosiy jarayonlarda faol qatnashishingiz mumkin, fuqaro sifatida", - deydi arbob.

"Xalqni hurmat qilib, uning istagini har narsadan ustun qo’yasiz. Tolibon xalq uning qaytishini istamasligini juda yaxshi biladi”, - deydi Stanikzoy.

Tolibon qanchalik quturmasin, deydi afg'onlar, ularning davri o'tdi
Tolibon qanchalik quturmasin, deydi afg'onlar, ularning davri o'tdi

Afg’on xalqi urushlardan to’yib ketgan, tinkasi qurigan. 1979 yilda Sovet Ittifoqi bostirib kirdi. 1992 yilda fuqarolik urushi boshlandi. Keyin esa Tolibon keldi.

Afg’oniston parlamenti a’zosi Fovzoy Kufiy “farzandlarimiz tinch mamlakatda yashasin” deydi.

Xotirjamlik, fuqarolik, huquq va hurmat nima ekanini his qilaylik, deydi u.

“Tolibon qaytsa, siyosiy huquqlarimiz chilparchin bo’ladi. O’tgan 10 yildagi yutuqlar boy beriladi. Yana zulmatda, doimiy qo’rqinch va jaholatda yashay boshlaymiz”, - deydi deputat ayol.

“Afg’on xalqi manfaati uchun shu xalqning o’zi kurashishi kerak, biz kimga kerakmiz?" - deydi mahalliy arbob. Amerika va NATO mamlakatni tark etish taraddudida.
“Afg’on xalqi manfaati uchun shu xalqning o’zi kurashishi kerak, biz kimga kerakmiz?" - deydi mahalliy arbob. Amerika va NATO mamlakatni tark etish taraddudida.

Tolibon bilan muzokarada xalqaro koalitsiya xotin-qizlar erkinligi, Afg’oniston konstitutsiyasi va tinchlikni asosiy shartlar sifatida qo’ymoqda. Bu borada gap bo’lishi mumkin emas.

“Eng tashvishlanarlisi, bu jangarilarning jamiyatga qayta qo’shilishi emas, balki Tolibonning siyosiy harakat, partiya sifatida katta maydonga chiqishi. Ular doimiy boshog’riq bo’ladi",- deydi Kufiy xonim.

"Tolibon hukumatga kirsa, talab ketidan talab qo’yadi. Inobatga olmasangiz, do’q qiladi. Men singari demokratiya tarafdorlari Tolibonga butkul qarshimiz”,- deydi qonunchi.

Bugun xotin-qizlar sal bo'lsa-da erkin nafas olmoqda
Bugun xotin-qizlar sal bo'lsa-da erkin nafas olmoqda

Arboblar orasida bunday fikrlaydiganlar ko’p.

Yana bir og’ir masala - qabilaviy kelishmovchiliklar, qonunga bo’ysunmaslik.

Tinchlik afg’onlarga kerak, yo’lini topmay iloj yo’q, deydi Muhammad Stanikzoy.

“Afg’on xalqi manfaati uchun shu xalqning o’zi kurashishi kerak, biz kimga kerakmiz? Davlat, jamiyat sifatida oyoqqa turish hamjihatlik talab qiladi,"- deydi arbob.

Tolibonni yo'q qilish mumkinmi?
Tolibonni yo'q qilish mumkinmi?

"Biz atrofimizdagi mamlakatlardan, xalqaro hamjamiyatdan madad so’raymiz, ularning yordamiga muhtojmiz, lekin taqdirimiz o’z qo’limizda", - deydi u.

"Har qanday kelishmovchilik hal etilishi kerak. Xalq bo’lish shuni talab qiladi. Aks holda o’yinchoq bo’lib qolaveramiz”.

Bugun Afg'onistonda mana shunday nidolar yangramoqda. Amerika va uning ittifoqchilari Tolibon bilan muzokaralarni qo'llab-quvvatlamoqda, ammo asosiy shartlarni eslatib turibdi. Afg'oniston konstitutsiyasi tan olinishi va fuqaro erkinliklariga bosh egilishi lozim.

Hukumatni yulg'ichlikda, Amerikani bosqinchilikda, atrofdagilarni esa adolatsizlik va huquqbuzarlikda ayblaydiganlar juda ko'p.

Muhammad Stanikzoy, Tolibon bilan muzokara olib borayotgan yetakchi arbob
Muhammad Stanikzoy, Tolibon bilan muzokara olib borayotgan yetakchi arbob

Jamiyat illatga to'la, millatchilik, kamsitish, o'zaro qo'rqinch va ishonchsizlik keng tarqalgan. Bu muammolarni hal etish uchun eng zarur talab - barqarorlik.

Yopiq eshiklar ortida muzokaralar, sharq va janubda esa janglar davom etmoqda.

Afg’onlar G’arb ularning yurtidagi mashmashalardan charchaganini, uni tark etishga bel bog’laganini tushunadi.

"Urushni o’zimiz tugatmasak, u hech qachon tugamaydi", - deydi ular.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG