Breaking News

AQShda sekvestr sabab noqonuniy muhojirlar qamoqdan qo'yib yuborildi


Iqtisod va muhojirlar/Sequestration & Immigration
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00

Iqtisod va muhojirlar/Sequestration & Immigration

AQSh federal hukumati sarfiyatining kamaytirilishi Ichki xavfsizlik vazirligi faoliyatiga ham ta’sir qilmoqda. 1-mart kuni kuchga kirgan sekvestratsiya oqibatida vazirlik hibsda saqlanayotgan minglab noqonuniy muhojirni ozod etishga majbur bo’ldi. Bu Kongressning immigratsiyaga oid yangi qonun qabil qilish vazifasini yanada dolzarblashtidi. Ayni vaqtda muhojirlarda umid paydo bo’ldi.

Byudjet va immigratsiya, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00
Yuklab oling

Dekabr oyida AQSh huquq-tartibot organi xodimlari Chikagoda yashovchi Sezar Enrikezni hibsga olish uchun xonadoniga kiradi..

Aybi deportatsiya uchun politsiya uchastkasiga bormagani edi. Enrikez AQShda hujjatsiz yashayotgan immigrantlardan.

“Oilam, bolalarim qo’rqib ketdi. Ikki bolam bor. Ikkovi ham o’smir. Endi nima qilamiz, deb bosh qotirishdik, juda xunob bo’ldik,” – deydi u.

Enrikez yanvar oyigacha 60 kun deportatsiyani kutib hibsxonada yotdi.

“Erta tongda, soat ikkilarda uyqudan turg’izishdi, narsalaringni yig’ishtir deb, bu joydan ketasizlar, deyishdi”.

Lekin muhojir vatani Salvadorga emas, Chikagodagi uyiga yetkazildi.

“Nimaga ozod etishganini boshida tushunmadim. Keyin Immigratsiya xizmatidagi byudjet kamomadi tufayli bizni hibsxonada saqlashning iloji yo’qligini aytishdi,” - deydi u.

Enrikez so’nggi oylarda byudjet muammosi sababli hibsdan ozod etilgan minglab noqonuniy muhojirlardan biri. Fevral oyida AQSh Ichki ishlar vaziri Janet Napolitano sekvestratsiya vazirlik faoliyatiga ta’sir qilishini e’tirof etdi:

“Sekvestratsiya haqdagi qarorga ko’ra, Immigratsiya va bojxona agentligi hibsdagi noqonuniy muhojirlar sonini 34 ming odamga kamaytirishga majbur bo’ladi. Bu Kongress talabi”.

“Bu o’zgarish sekvestr natijasi deya talqin qilingani biz uchun yangilik bo’ldi. Biz yillar davomida mablag’ni sarflashni to’xtatishga undab kelganmiz", - deydi Joshua Xoyt, Illinoysdagi Immigrant va qochqinlar huquqlari koalitsiyasi rahbari.

“Har yili noqonuniy muhojirlarni aniqlab topish, hibsga olish, hibsxonada saqlash, chegarada tutish kabi amaliyotlarga 18 milliard dollar sarflanadi. Bu juda katta xarajat”.

Xoyt deydiki, ikkala partiyaning Kongressdagi vakillari hozirda taklif etayotgan qonuniy o’zgarishlar oqibatida katta mablag’ tejalishi mumkin.

“Butun jamiyat immigratsiyaga oid islohotlar haqida gapirmoqda. Noqonuniy muhojirlarning ko’pginasiga mamlakatda qolish imkoni beriladi. Oilalar saqlanib qoladi”.

Sezar Enrikez deportatsiyasi dekabr oyiga belgilangan. Ishqilib ungacha Kongress yangi qonun qabul qilsin-da, deydi u.

“Prezidentdan odamlarni deportatsiya qilmaslikni so’rayman. Jinoyat sodir etmagan muhojirlar ozod etilsin, bu yerda qolsin”.

Agar mamlakatdan chiqarib yuborishsa, pul yig’ib, chegarada kontrabandist yollab bo’lsa-da, AQShga baribir qaytaman, deydi suhbatdosh. Axir oilam, bolalarim shu yerda, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG