Breaking News

Los-Anjeles orkestri havaskorlar va professional ijrochilar o’rtasida ko’prik


Yoshlar orkestri/Youth orchesta
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Yoshlar orkestri/Youth orchesta

Mana deyarli 60 yildirki, Yosh musiqachilar jamg’armasi iqtidor egalariga yordam berib keladi. Los-Anjelesdagi orkestr ishqibozlar va professional ijrochilar o’rtasida ko’prik vazifasini o’tayapti.

Yosh iste'dodlar orkestri/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00
Yuklab oling

Dirijor Rojer Kalia xonandaga ko’rsatma berish bilan band. Yosh musiqachilar orkestri muhim konsert oldidan repetitsiya qilayapti. Orkestrda 15 yoshli yuqori sinf o’quvchilaridan tortib 25 yoshli usta san’atkorlar bilan tanishasiz. Bizni musiqaga bo’lgan ixlos birlashtiradi, deydi Kalia.

“Bu yerda eshitganingiz musiqada shiddat va ehtiros bor. Hammani o’ziga rom qiladi”.

70 nafar yosh miriqib ishlayapti.

Fleytachi Mira Magrill “Harbiy tulpor” nomli badiiy filmdan parcha ijro etdi. Musiqani mashhur kompozitor Jon Vilyams bastalagan.

“Bu asar fleyta bilan boshlanib, fleyta bilan tugaydi. Men shuni chaldim, Jon Vilyams esa dirijorlik qildi. Shu paytgacha ijro etgan asarlarimdan eng zo’ri shu bo’ldi,” - deydi Magrill.

Mashg’ulotlarda yoshlar murakkab asarlarni yodlaydi, o’rganadi. Jamg’arma vakillari mahalliy maktablarda ham dars beradi.

San-Fransisko simfonik orkestrining ijodiy rahbari Maykl Tilson Tomas uzoq yillar shu ish boshida turdi. Bugun guruhga Rojer Kalia rahbarlik qilmoqda. U Indiana Universiteti aspiranti.

“O’qituvchilik, muallimlik qilish orqali men ham ancha tajriba orttiryapman. Yoshlar bilan ishlash maroqli,” - deydi Kalia.

Orkestrda toblangan, pishgan yoshlar so’ngra konsert zallarida o’zini erkin his qiladi, kasbiy faoliyat boshlashga tayyor bo’ladi, deydi jamg’arma ijrochi direktori Juliya Gaskill.

“Ular o’ziga ishonch hosil qiladi. Musiqaga bo’lgan ixlos, iqtidorni rivojlantiradi”.

Orkestr muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat va musiqaga bo’lgan ishtiyoqni mujassam etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG