Breaking News

Senatorlar armiyadagi jinsiy tajovuzlar uchun harbiylarni tuzladi


Senatning Qurolli kuchlar qo'mitasida tinglov. 4-iyun, 2013-yil
Senatning Qurolli kuchlar qo'mitasida tinglov. 4-iyun, 2013-yil
AQSh Senatining Qurolli kuchlar qo’mitasida yaqinda harbiylar safida jinsiy zo’ravonlik muammosi muhokama qilindi.

Pentagon hisobotiga ko’ra, o’tgan yili qurolli kuchlarda 26 ming kishi tajovuzga uchragan. Senatdagi ayol yetakchilar yuqori darajali harbiylarni qattiq savolga tutdi.

Yaqinda ekranga chiqqan hujjatli film armiyada jinsiy tajovuzlar tobora tarqalayotganini ta’kidlaydi. AQSh Mudofaa vazirligiga ko’ra, oxirgi ikki yilda zo’ravonlik ko’lami 35 foizga oshgan.

Ham hujjatli film, ham hisobot qonunchilar qonini qaynatdi. Senat Qurolli kuchlar qo’miyasida, ayniqsa, ayol senatorlar bosh harbiylarning qulog’ini qomatga keltirdi.

Senator Kirsten Jillibrand:

“Sizga ishongan ayol va erkaklarning umidini oqlamadingiz. Adolat talab qilgan insonlarni qizartib qo’ydingiz. Ular gapirishdan cho’chib qolgan. Xizmatdan haydalaman, deb vahimada. Qasosdan qo’rquvda”.

Jillibrand jinsiy tajovuzlar haqida bevosita boshliqlar emas, chetga xabar berishga doir qonun qabul qilish tarafdori.

Taklifga rozilar fikricha, Isroil kabi ittifoqchilar armiyasida shunday tartib joriy etilganini misol qiladi.

Lekin general Reymond Odierno harbiylar safida tartib-intizomga ziyon yetadi, deb ogohlantiradi:

“Jinsiy jinoyatlarni hal qilishda qo’mondonlarni jarayondan chetlatish ijobiy natijaga yetaklashiga ishonsam, birinchilardan bo’lib “xo’p” derdim. Lekin bosh harbiylarni mas’uliyatdan soqit qilish, ularni har qanday majburiyatdan ozod qilish yoki ularning rolini kamaytirish teskari natija beradi”.

General xotin-qizlar uchun xavfsizroq muhit yaratishga va’da berdi. Ammo qonunlar doim ham muammoga yechim bo’la olmaydi, dedi.

Senator Kler Makaskil norozi:

“Ikki muammo bilan yuzlashib turibmiz. Biri - jinsiy zo’ravonlikka o’ch vahshiylar, ikkinchisi – askarlar uchun hurmatga asoslangan xizmat sharoitini yaratish zarurati. Ikkisi har xil masala. Shu bilingki, general Odierno, vahshiylarni sudlashga haqlimiz, qonunlar bor”.

Senator ayb yoshlarning yengiltak ekanida deguvchi qo’mondonlarga tanbeh berdi:
Senator Kler Makaskil armiyada jinsiy tajovuzlar haqida bevosita qo'mondonlar emas, chetga xabar berishga doir qonun loyihasi tarafdori.
Senator Kler Makaskil armiyada jinsiy tajovuzlar haqida bevosita qo'mondonlar emas, chetga xabar berishga doir qonun loyihasi tarafdori.

“Gap jinsiy aloqada emas. Zug’um, zo’ravonlik, tajovuz haqida gap ketayapti. Bu ikki holatning farqiga bormasangiz, ishingizni ham bajarishga loyiq emassiz”.

Senat qo’mitasida sobiq harbiy Anu Bxagvati guvohlik ko’rsatmasi berdi. U armiyadagi tajribasidan so’zladi:

“Striptiz klublar, bordellarga qatnash, fohishalarni yollash – ham Qo’shma Shtatlarda, ham xorijdagi bazalarda manzara shu. Jinsiy zo’ravonlik haqida qaltis hazillar, og’zaki haqoratlar…”.

Armiya seksual hujumlar epidemiyaga aylanganini tan oladi. Lekin qo’mondonlar nazarida hukumat aralashuvi ularning mavqeini tushirishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG